Daryo

Isroil bosh vaziri onlayn efirda Pfizer vaksinasi bilan emlandi

U boshqalarga namuna bo‘lish uchun birinchilardan bo‘lib vaksina qabul qilishga qaror qilgan

1 daqiqa o‘qish31 248 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakatda birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. Emlash jarayoni Isroilning bir necha telekanallari orqali  to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda namoyish etilgan.

Bosh vazir o‘zining Twitter’ida “Odam uchun kichik bir ukol — barchamiz sog‘lig‘imiz uchun katta qadamdir”, — deb yozgan. Shuningdek, Isroil COVID-19’ga qarshi vaksina olgan birinchi davlatlardan biri bo‘lganini ta’kidlagan.

Netanyaxu koronavirusga qarshi vaksinani xavfsiz deb aytgan va dekabr oyi oxiriga qadar mamlakatga preparatning “million doza”sini olishni va’da qilgan. U boshqalarga namuna bo‘lish uchun birinchilardan bo‘lib vaksina qabul qilishga qaror qilganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasini butun dunyo bo‘ylab tarqatish noyabr oyi oxiridan boshlandi. Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib ushbu kompaniya vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi. Bundan tashqari, AQSh,  Bahrayn, Meksika, Kanada va Shveysariyada u foydalanish uchun tasdiqlangan.

Pfizer 2020-yil oxiriga qadar, oldinroq rejalashtirilganidek, 100 million emas, balki 50 million doza vaksina ishlab chiqara oladi.

Avvalroq AQShda Pfizer vaksinasi bilan emlangan ikki tibbiyot xodimining ahvoli yomonlashgan, sinovlardagi 6 ko‘ngilli esa vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: AQSh vitse-prezidenti omma oldida COVID-19’ga qarshi emlandi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar