Yaponiyaning Toyota kompaniyasi bir vaqtning o‘zida bir nechta avtonom avtomobilni boshqarish imkonini beradigan yangi transport tizimini yaratdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ta’kidlanishicha, tizim uzunligi besh, eni ikki metr keladigan Toyota’ning avtonom avtomobillarini boshqarishga qodir.
Ixtironing namoyishi vaqtida avtomobillar belgilangan joyga xatoliksiz kelib to‘xtagan. Vazifa mashinalardan biri to‘qnashuvdan qochish uchun ikkinchisini o‘tkazib yuborishi lozimligi sabab murakkablashtirilgan.
Kompaniya yangi tizimga ega avtomobillardan keyingi yili Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarni tashishda foydalanishni reja qilgan. Shuningdek, Toyota boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda 2025-yilga qadar ushbu tizim bilan jihozlangan mashinalardan tovarlarni tashish va avtodo‘kon sifatida foydalanish niyatida.
Avvalroq Toyota 10 daqiqada to‘liq quvvatlantirish mumkin bo‘lgan elektrokarni yaratishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)