• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi saytlar va blogerlarga izohlarda qoldirilgan taqiqlangan ma’lumotlar bo‘yicha xabarnoma yuboriladi

    O‘zbekistonda internet OAV vakillari va blogerlar veb-sahifalariga qonunga zid sharhlar yozilganda ularni aniqlash va zudlik bilan o‘chirib yuborish tartibi tasdiqlandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-sonli qaroriga qo‘shimchalar kiritilgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, hukumatning 23-dekabrdagi 807-sonli qarori bilan veb-sayt, guruh va (yoki) messenjer sahifasi egasi, shuningdek, blogerga O‘zbekiston qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibi tasdiqlangan. Unga ko‘ra, tartibning amal qilishi O‘zbekiston hududida foydalanish imkoni mavjud bo‘lgan axborot resurslariga nisbatan tatbiq etiladi.

    Tartibga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi tomonidan axborot resurslarida O‘zbekiston qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlar aniqlanganda markaz tomonidan 24 soatdan kechiktirmasdan axborot resurslari egasi, shuningdek, blogerga O‘zbekiston qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlarni olib tashlash to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

    Xabarnoma markazning rasmiy axborot resurslari (elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlardagi rasmiy sahifa) orqali elektron shaklda yuboriladi. Unda O‘zbekiston qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot joylashtirilgan axborot resursining nomi, axborot joylashtirilgan sana ko‘rsatiladi; taqiqlangan axborotga havola va uning ekrandagi tasviri nusxasi ilova qilinadi. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda ushbu axborotni tarqatish uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilishi mumkin.

    Axborot resursi egasi (bloger) xabarnomani olgan vaqtdan boshlab 24 soatdan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotni olib tashlashi, shuningdek, bu to‘g‘risida markazni uning rasmiy axborot resurslari orqali elektron shaklda yoki qog‘oz shaklida xabardor qilishi lozim.

    Agar O‘zbekiston qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot ushbu tartibning 6-bandida ko‘rsatilgan muddatda axborot resursi egasi tomonidan olib tashlanmasa, u holda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ushbu axborotni olib tashlash bo‘yicha O‘zbekiston qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot joylashtirilgan ijtimoiy tarmoq yoki messenjer ma’muriga yoki da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilinishi mumkin.

    Shu bilan birga, qonunchilikda OAV va blogerlarning foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan izohlariga javobgarligi belgilanmagan. Hozirga qadar ular axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunning 12-1 moddasi bo‘yicha javogarlikka tortilishi mumkin edi. Ushbu moddaga ko‘ra, veb-sayt yoki veb-sahifa egasi, jumladan, blogerlar ham “e’lon qilishdan oldin ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirishga majburdir”, shuningdek, “uning ishonchsizligi aniqlangan taqdirda zudlik bilan e’lon qilingan ma’lumotni o‘chirib tashlashi kerak”. Ushbu majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, saytga yoki sahifaga kirish cheklanishi va sayt egasi yoki bloger javobgarlikka tortilishi mumkin.

    Taqiqlangan ma’lumotlar kontentiga quyidagilar kiradi:

    • O‘zbekistonning mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etish;
    • urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish;
    • davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
    • milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborotni tarqatish;
    • giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;
    • pornografiyani targ‘ib qilish;
    • qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab bo‘ladigan harakatlarni sodir etish.
    Avvalroq O‘zbekistonda OAV xodimlari, jurnalistlar media-makonda o‘z haq-huquqlari, bahsli hodisalar bo‘yicha fikrlari bilan bo‘lishib, shu fikrlar yuzasidan malakali yuristlar, advokatlar xulosasini olib borishlari uchun yangi platforma yaratilishi haqida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yilning 9 oyida OAVga 90 ta ogohlantirish berilgan

    25.12.2020, 11:37   Izoh (0)   18494
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining bir qismi 31-dekabrgacha yopildi

    25.12.2020, 11:09

    Samarqand shahrida tezyurar avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi

    25.12.2020, 10:50

    Shavkat Mirziyoyev 25-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston yoshlari forumida ishtirok etadi

    25.12.2020, 10:15

    Kosonda ikki oila o‘rtasida yuz bergan janjal o‘g‘lini himoya qilgan otaning o‘limiga sabab bo‘ldi

    25.12.2020, 10:08

    Navoiyda yopilayotgan temiryo‘l kesishmasidan o‘tishga uringan Cobalt temir to‘siqqa urilib yonib ketdi

    25.12.2020, 09:49

    Denovda IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lmagan yerni 2 kishiga sotgani ma’lum qilindi (video)

    25.12.2020, 08:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 14:40

    Ozarbayjon gazi Turkiya orqali Suriyaga yetkazib beriladi

    Dunyo | 3 avgust, 14:15

    “An-Nassr” Ronalduning tavsiyasi bilan Fernandeshni sotib olmoqchi

    Sport | 3 avgust, 13:55

    O‘zbekistonda ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 13:29

    BAA Misrdan yarim milliondan ortiq g‘azolikni ta’minlash uchun yetadigan suv quvuri tortib keladi

    Dunyo | 3 avgust, 12:55

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.