“Manchester Yunayted” rahbariyati qishki transfer oynasida to‘rt nafar futbolchisi bilan xayrlashish niyatida.
The Athletic xabariga ko‘ra, mankunianlar darvozabon Serxio Romero, himoyachilar Markos Roxo, Fil Jons va yarim himoyachi Jessi Lingardni sotib yuborishga tayyor.
Lingardga bir qator Italiya klublari qiziqish bildirgan, Fil Jons esa “Nyukasl” qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi. Avvalroq Premyer Liga so‘nggi pog‘onasida borayotgan “Sheffild Yunayted” Lingardni ijaraga olmoqchi ekani xabar qilingandi.
Romero, Roxo va Lingardning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Jonsniki esa 2023-yil yozigacha amal qiladi.
“Manchester Yunayted” joriy mavsum 13-turdan keyin APL musobaqa jadvalida 26 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)