Professional boksning og‘ir vazn toifasida WBA Super, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua va WBC chempioni Tayson Fyuri birinchi jang shartlarini kelishib oldi. Bu haqda Joshuaning promouteri Eddi Hirnga asoslanib jurnalist Mayk Koppinjer ma’lum qildi.
Avvalroq Fyuri va Joshua 2021-yilda ikkita jang o‘tkazishga kelishib olgani aytilgandi: birinchi jang kamarlarni birlashtirish uchun kechadi, keyingisida esa yutqazgan tomon revansh olish huquqiga ega bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, tomonlar shartnoma borasida og‘zaki kelishuvga erishgan, rasman ma’lum qilish oldidan kichik detallarni hal qilish qolgan: kim ikkinchi bo‘lib ringga chiqadi, jang qayerda bo‘ladi va shunga o‘xshash masalalar hal qilinsa bo‘lgani.
Izoh (0)