Bilbaoning “Atletik” klubi hujumchisi Inyaki Uilyams Ispaniya chempionati doirasida 22-dekabr kuni kechgan “Vilyarreal”ga qarshi bahsda (1:1) ishtirok etdi.
Bu ispaniyalik futbolchi uchun La Ligadagi ketma-ket 172-o‘yin bo‘ldi. Bu borada Uilyams “Real”ning afsonaviy o‘yinchisi Alfredo di Stefanoning ko‘rsatkichini (171 o‘yin) yangiladi.
Bu borada rekordchi Xuan Antoni Larranyage hisoblanadi. U 1980—1994-yillar mobaynida “Real Sosyedad” safida ketma-ket 202 ta liga o‘yinida qatnashgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)