O‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilov kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun yetti yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.
Tennisdagi salbiy illatlarga qarshi kurashish qo‘mitasi (TIU) 25 yoshli tennischini yetti yilga (ikki yil shartli) tennisga oid har qanday faoliyatdan chetlatgan. Ismoilov 2014, 2015 va 2019-yillarda uch bor kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganini tan olgan. TIU qarori 18-dekabrdan kuchga kirgan.
Bundan tashqari sportchiga 12 ming dollar miqdorida jarima ham yozilgan. Jarima to‘liq qoplanmagunga qadar diskvalifikatsiya davom etadi.
Ismoilovning ATP reytingidagi eng yuqori ko‘rsatkichi 756-o‘rin hisoblanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)