Yengil vazn toifasida UFC chempioni va EFC promousheni egasi Habib Nurmagomedov 2021-yilgi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
“Joriy yildagi so‘nggi musobaqa — EFC 31 ortda qoldi. Rizvon Kuniyev va Vladimir Dayneko o‘rtasidagi jang musobaqa bezagi bo‘ldi. Rizvonni chempionlik himoyasi bilan tabriklayman, Vladimirga esa tezroq qaytishni tilab qolaman.
Kelayotgan yil musobaqalarga juda boy bo‘ladi, shu sabab bizning ligani diqqat bilan kuzatib boring. Ishontirib aytaman, bu qiziqarli va tomoshabob bo‘ladi. Keyingi yilda ko‘rishamiz.
2021-yilning birinchi yarmida Abu-Dabi (BAA), Moskva, Krasnodar, Sankt-Peterburg, Toshkent va Olmaotada musobaqalar o‘tkazishni rejalashtirib qo‘yganmiz”, — deydi Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz, Habib GFC promoushenini 1 million yevroga sotib oldi va uning nomini EFC’ga (Eagle Fighting Championship) o‘zgartirdi. Avvalroq rossiyalik yakkakurashchi Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida 2021-yilning may oyida Toshkentda musobaqa o‘tkazish rejasi borligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)