Yengil vazn toifasida harakat qiluvchi rossiyalik yakkakurashchi Islom Maxachev (18-1) 6-mart kuni UFC 259 musobaqasida jang qiladi.
MMAJunkie’ning xabar qilishicha, Islomga reytingning 15-raqamli jangchisi Dryu Dober (23-9) raqib bo‘ladi.
Ta’kidlash joiz, Maxachev va Dober o‘rtasidagi jang 2016-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, biroq rossiyalik yakkakurashchining doping testidagi muammolari sabab bekor qilingandi.
Maxachev 2020-yilning kuzida Rafael dos Anyosga qarshi jang qilishi belgilangandi. Biroq bellashuv avvaliga braziliyalik yakkakurashchining koronavirusga chalingani oqibatida qoldirildi, keyin esa Maxachevning betobligi vaj qilinib bekor bo‘ldi. 29 yoshli sportchi 2019-yilning sentabridan beri jang qilgani yo‘q.Maxachev va Dober ishtirokidagi janglarni bu yerda ko‘rish mumkin — havola
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)