Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Gorilla Fighting Championship (GFC) promoushenini sotib oldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Bloger Azamat Bostanovning xabar qilishicha, kelishuv 1 million dollarga baholangan.

Habib buni 2-dekabr kuni Moskvada tashkil etiladigan matbuot anjumanida e’lon qilishi kutilmoqda. Habib promoushenning nomini o‘zgartiradi. U endi EFC (Eagle Fighting Championship) deb ataladi.

Taxminlarga ko‘ra, EFC musobaqalari Rossiya va MDH mamlaklaridan tashqari, yaqin sharq va AQShda ham o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Habib shu vaqtga qadar GFC bilan hamkorlik qilib kelardi. Rossiyalik yakkurashchi va uning jamoasi Toshkentda o‘tgan GFC 20 musobaqasiga tashrif buyurgandi. Toshkentdagi musobaqaning asosiy jangida Habibning amakivachchasi Umar Nurmagomedov jang qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda banan narxi oshib bormoqda. Endi meva iste’moli kamayadimi?
Mahalliy
O‘zbekistonning barcha hududlarida 10-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Dunyo
Sovuq urushni boshlagan Cherchill, Chexiyadagi shifoxonada ommaviy qotillik va Chili diktatori Pinochetning o‘limi. Kun xronologiyasida 10-dekabr