• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ha, shunaqa bo‘lishi ham mumkin: Samarqand viloyatida ikki sutka davomida 74 soat “svet” bo‘lmadi. Bunda MET javobgarlikni HETga, HET esa METga yuklamoqda

    Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida 2020-yil 8—9-dekabr kunlari umumiy hisobda 74 soat “svet” bo‘lmadi. Ayrim joylarda 12 daqiqa, boshqa hududlarda salkam sakkiz yarim soatni tashkil etgan ushbu uzilishlarning bari cheklov sabab amalga oshirilgan, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Masalan, 8-dekabr kuni Qoradaryo va Narpay hududlariga xizmat ko‘rsatuvchi 110-35 kilovolt kuchlanishli “L-Mehnat” tarmog‘i (podstansiyasi)da 12:20 dan 13:18 ga qadar 58 daqiqalik, 15:34 dan 16:20 gacha 46 daqiqalik, 16:55 dan 18:08 ga 1 soatu 13 daqiqalik — kun davomida jami 2 soatu 57 daqiqalik uzilishlar kuzatilgan. Ushbu uzilishlarning bari SRDS va SAON komandasiga asosan joriy etilgan cheklovlar sabab yuz bergan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, 9-dekabr kuni Bulung‘ur va Jomboy hududlariga xizmat ko‘rsatuvchi 110-35 kilovolt kuchlanishli “L-Bulung‘ur-2” tarmog‘ida 9:22 dan 13:48 ga qadar 4 soat 26 daqiqalik, 15:29 dan 18:50 ga qadar 3 soat 21 daqiqalik, 21:17 dan 21:30 ga qadar 13 daqiqalik va 23:05 dan 23:30 ga qadar 25 daqiqalik — jami 8 soat 25 daqiqalik uzilish qayd etilgan. Bu uzilishlarning dastlabki ikkitasi rejali uzilish (cheklov) bo‘lsa, keyingi ikkita cheklov SAON tizimining avtomatik buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ikki kun davomida kuzatilgan mana shunday uzilishlarning umumiy vaqti jami 74 soatni tashkil etgan. “Daryo” muxbiri ushbu holat bo‘yicha mas’ullardan izoh olishga urinib, yagona “O‘zbekenergo”ning bo‘lib yuborilishi ortidan paydo bo‘lgan “Milliy elektr tarmoqlari” (MET) va “Hududiy elektr tarmoqlari” (HET) kompaniyalari o‘rtasidagi sansalorlikka guvoh bo‘ldi.

    Hududlarni elektr ta’minotidan kim uzyapti?

    Ma’lum bo‘lishicha, aholiga yetkazib berilayotgan elektr asosan 110-35 kilovoltli podstansiya (tarmoq)lar orqali, Samarqand hududiy dispetcherlik xizmati tomonidan o‘chirilmoqda. “Daryo” muxbiri dispetcherlik xizmatiga borganida, mas’ullar savollarga javob berishdan qochib, “Milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasining Samarqand viloyati bo‘limi Fayzulla Qurbonov bilan uchrashishni so‘ragan.

    Fayzulla Qurbonov muxbir bilan suhbatda Samarqand hududiy dispetcherlik xizmati “Milliy elektr tarmoqlari”ga qarashli ekani, xizmat 500 va 220 kilovoltli elektr tarmoqlarini boshqarishini, 110-35 kilovoltli tarmoqlar esa (yuqorida ta’kidlanganidek, uzilishlar aynan shu tarmoqlarda yuz bermoqda) “Hududiy elektr tarmoqlari”ning dispetcherlik xizmati tomonidan nazorat qilinishini ta’kidlagan.

    Fayzulla Qurbonov bir tomondan 110-35 kilovoltli podstansiyalar METga qaramasligini, boshqa tomondan 500 va 220 kilovoltli podstansiyalardan chiquvchi 110-35 kilovoltli elektr uzatish liniyalariga cheklovlar METga qarashli Samarqand hududiy dispetcherlik xizmati tomonidan amalga oshirilayotgani, biroq bu dispetcherlik xizmati METga qarashli bo‘lsa-da, uning topshiriqlarini bajarmasligini aytgan.

    HET vakillari esa elektr iste’moli belgilangan normadan oshganda, korxona boshqaruvidagi 110-35 kilovoltli elektr uzatish tarmoqlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Samarqand regional dispetcherlik xizmatining navbatchi dispetcherlari tomonidan tanlov asosida o‘chirilishini ta’kidladi (yuqorida, Fayzulla Qurbonov ta’kidlaganidek, bu dispetcherlik METga qarashli, lekin, qanchalik g‘alati bo‘lmasin, uning topshiriqlarini bajarmaydi).

    “O‘rganish davomida MET ham, HET ham elektr ta’minoti kimning yoki qaysi tashkilotning topshirig‘i asosida o‘chirilayotganligi bo‘yicha aniq ma’lumot berolmadi. Topshiriq qaysi tashkilot tomonidan berilayotganligini sir saqladi”, — deb yozadi Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev. Aslida elektrni kim uzayotgani ahamiyatsiz, holat Samarqanddagi aholi, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorliklarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

    Avvalroq Energetika vazirligi 2020-yilda elektr energiyasidagi uzilishlar soni va davomiyligi 2019-yilga nisbatan ikki baravar kamayganini ma’lum qilgan edi. Vazirlik 2020—2021-yillar kuz-qish mavsumida Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida gaz hamda elektr ta’minoti hajmi oshirilishini ham e’lon qilgan edi.

    Ayni vaqtda, vazirlik vakillarining ta’kidlashicha, mamlakatda kuzatilayotgan elektr ta’minotidagi uzilishlar energiya iste’molining ortgani bilan bog‘liq. Shuningdek, ayrim hududlarda “svet”ning ko‘p o‘chishi aholining energiya ta’minoti uchun qarzdorligi bilan bog‘liqligi ta’kidlangan.

    22.12.2020, 17:54   Izoh (0)   35162
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    YuNISEF: “O‘zbekistonda oxirgi 20 yilda bolalar nafaqasini oluvchilar soni faqat qisqarib borgan”

    22.12.2020, 17:41

    Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda Rossiyaga davlat tashrifi bilan boradi

    22.12.2020, 17:11

    “Rossiya temir yo‘llari” O‘zbekistondan meva va sabzavotlarni tashish tariflarini pasaytirmoqda

    22.12.2020, 16:40

    Toshkent va ayrim viloyatlarda 23-dekabr kuni qor yog‘ishi mumkin

    22.12.2020, 14:08

    Qarshi shahrining ayrim hududlari olti soatlab elektrsiz qoldi

    22.12.2020, 14:07

    Taniqli advokat Jeffri Robertson davlatga qarshi xiyonat bo‘yicha sudlangan sobiq diplomat Qodir Yusupov himoyachisiga aylandi

    22.12.2020, 13:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.