• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Taniqli advokat Jeffri Robertson davlatga qarshi xiyonat bo‘yicha sudlangan sobiq diplomat Qodir Yusupov himoyachisiga aylandi

    Buyuk Britaniya qirollik advokati, inson huquqlari bo‘yicha mutaxassis Jeffri Robertson o‘zbekistonlik sobiq diplomat Qodir Yusupovning himoyachisiga aylandi. Bu haqda sudlanuvchining o‘g‘li Bobur Yusupovga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Qodir Yusupov.

    Qodir Yusupov.
    Foto: Temur Yusupov

    Qodir Yusupov — Tashqi ishlar vazirligining sobiq xodimi. U turli yillarda O‘zbekistonning Buyuk Britaniya, Sudan, Yaqin Sharq mamlakatlaridagi elchisi, shuningdek, BMT va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining doimiy vakili sifatida ishlagan.

    9-yanvar kuni O‘zbekiston Harbiy sudi 69 yoshli Qodir Yusupovni Jinoyat kodeksining 157-moddasi (Davlatga qarshi xiyonat) bo‘yicha aybdor deb topib, unga 5 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan edi. U 2018-yilning dekabrida qo‘lga olingan. Harbiy sud ishni 2019-yilning iyunidan boshlab ko‘rib chiqqan. Yusupov o‘z aybini tan olmagan.

    Bobur Yusupovning ma’lum qilishicha, Jeffri Robertson 10-dekabr kuni, Xalqaro inson huquqlari kunida BMTning o‘zboshimchalik bilan hibsga olish bo‘yicha ishchi guruhiga shikoyat yuborgan. Shikoyatda aytilishicha, O‘zbekiston Yusupovni qo‘lga olish va sud jarayonlarini o‘zining ichki va xalqaro majburiyatlarini buzgan holda amalga oshirgan.

    Jeffri Robertson.

    Jeffri Robertson.
    Foto: “Doughtystreet.co.uk”

    2018-yilning 10-dekabrida hibsga olingan Qodir Yusupov 3 oy muddatga qamoqqa olingan edi. Shunda so‘ng, 2019-yilning 6-martida harbiy sud tomonidan muddat yana 2 oyga, ya’ni 2019-yilning 4-mayiga qadar uzaytirilgan. Shikoyatda aytilishicha, uning 2019-yil 4-maydan boshlab 2020-yil 9-yanvarga qadar hibsda ushlab turilishi noqonuniy bo‘lgan. O‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksining 245 va 247-moddalariga ko‘ra, muddatlarni uzaytirishga hech qanday yuridik asos bo‘lmagan.

    Shikoyatda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Inson va siyosiy huquqlar bo‘yicha xalqaro paktning 9-moddasi bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini buzgan. Paktga ko‘ra, sudga qadar hibsda ushlash qoida emas, balki istisno tariqasida qo‘llanilishi va ozodlikka chiqarishga qarshi dalillar umumiy hamda mavhum harakterga ega bo‘lmasligi lozim.

    Yusupov holatida sudning 2018-yil 12-dekabrdagi hibsga olish va uning qamoq muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi 2019-yil 6-martdagi qarori “qamoqda saqlash muddatini uzaytirish zarurati uchun yetarli asoslarni o‘z ichiga olmagan”.

    Ta’kidlanishicha, ushbu davr oralig‘ida va 2019-yilning aprelida birinchi bor advokati bilan uchrashguniga qadar Qodir Yusupov “tashqi dunyodan uzilib qolgan”. Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasining 10 va 11-moddalarida tashqi dunyodan uzib qo‘yilgan holda hibsga olinishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Inson va siyosiy huquqlar bo‘yicha xalqaro paktning 9-moddasiga ko‘ra, jinoyat ayblovi bilan hibsga olingan yoki ushlangan har bir shaxs “oqilona vaqt”da sud qilinishga yoki “ozod etilish”ga haqli. Sudda Yusupov ustidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan 15 ta eshituvning oltitasi hech qanday sabablarsiz qoldirilgan.

    “Shu orqali Yusupov ishi bo‘yicha sud jarayonlari asossiz surilib kelgan, uning hibsga olinishi ustidan hukm chiqarilguniga qadar samarali tekshiruv o‘tkazilmagan. Shuningdek, u 100 kundan ortiq tashqi dunyodan uzilgan holda ushlab turilgan va uning qo‘lga olinishiga yetarlicha asos bo‘lmagan”, — deyiladi shikoyatda.

    Bundan tashqari, Yusupov samarali yuridik yordamdan foydalanish huquqidan ham mahrum bo‘lgan. Allan Pashkovskiy ismli xususiy advokat o‘z mijozi bilan to‘rt oy davomida shaxsan ko‘risha olmagan. Bundan tashqari, sudlanuvchining oilasining ta’kidlashicha, davlat tomonidan tayinlangan advokat Shahzod Sharipov Yusupovga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilgani to‘g‘risidagi masalani hech qachon ko‘tarmagan va oila keyinroq uning xizmatidan voz kechgan. Pashkovskiy himoyasi ostidagi fuqaro bilan uchrashganida u tashqi dunyo bilan aloqa qilmasdan hibsda bo‘lgan psixologik qiynoqlar to‘g‘risida aytgan.

    Qodir Yusupovning ishi yopiq sudda ko‘rib chiqilgan. Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitaning tan olishicha, sudlar odob-axloq, jamoat tartibi yoki milliy xavfsizlik sabablari bo‘yicha jamoatchilikni to‘liq yoki qisman sud jarayonlaridan chiqarib tashlash huquqiga ega. Yusupov holatida “rasmiylar nima sababdan sud maxfiy qolishi kerakligi bo‘yicha tushuntirish bermagan”.

    Shikoyatda Yusupovning adolatli sud ishlarini yuritishda boshqa huquqlarining buzilgani ham sanab o‘tilgan: mustaqil sudyalarning yo‘qligi (uning hibsga olinishi qonunliyligini tekshirishdan bosh tortgan va ayblanuvchiga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilganini ko‘rib chiqishni rad etganlar), tomonlarning teng huquqliligi prinsipining buzilishi (ayblanuvchiga guvohlarini chaqirish huquqi berilmagan va advokat ayblanuvchining ikkita asosiy guvohini so‘roq qilish huquqidan mahrum qilingan) va aybsizlik prezumpsiyasini buzish (Yusupov sud oldida qafasda paydo bo‘lgan).

    Advokat Jeffri Robertson onlayn-formatda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Qodir Yusupov yaqinda e’lon qilingan afvga loyiq bo‘lganini ta’kidlagan. Shuningdek, u BMT ishchi guruhidan Yevropa Ittifoqi dekabr boshida “Magnitskiy akti”ning muqobilini tasdiqlaganiga e’tibor qaratishni so‘ragan.

    “Umid qilamanki, bu ish birinchilardan bo‘lib Yevropa Ittifoqining inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga qarshi yangi vakolatlari e’tiborini tortadi. Qodir Yusupovning huquqi buzilgan va ushbu petitsiya bunga ayrim dalillarni keltira olishiga umid qilaman”, — deydi advokat.

    Eslatib o‘tamiz, TIVning sobiq amaldori, O‘zbekistonning YEXHTdagi (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) vakili lavozimida ishlagan Qodir Yusupovga qarshi 2018-yilning 1-dekabrida DXX tomonidan davlatga xoinlik qilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. 23-may kuni ish ko‘rib chiqish uchun Harbiy sudga taqdim etilgan.

    67 yoshli sobiq diplomat 2018-yil 3-dekabr kuni Toshkent metropolitenining “Pushkin” metro bekatidagi temiryo‘l relsiga yiqilib tushgach, shifoxonaga yotqizilgandi. Shundan so‘ng u shifoxonadan DXX tergov boshqarmasi qamoqxonasiga o‘tkazilgan.

    Unga nisbatan hibsga olingandan buyon ruhiy qiynoqlar qo‘llanilayotgani, zarur dori vositalaridan mahrum etilgani hamda oilasi kuzatuv ostida ekani va tazyiqlarga uchrayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

    Human Rights Watch tashkiloti 12-iyun kuni e’lon qilgan bayonotda O‘zbekiston hukumatini zudlik bilan Qodir Yusupovni ozod qilish, shuningdek, u bilan noqonuniy muomalada bo‘lishga aloqador shaxslarni javobgarlikka tortishga chaqirgan.

    Bosh prokuratura Qodir Yusupovga qiynoqlar qo‘llanilganini rad etgan.

    22.12.2020, 13:37   Izoh (0)   29565
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryoda o‘gay qiziga zo‘ravonlik qilgan ayol ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    22.12.2020, 13:07

    “Mahobhorat” va “Ramayana”ni o‘zbek tiliga tarjima qilgan hindshunos olim Amir Fayzulla vafot etdi

    22.12.2020, 11:40

    Xorazmda “zagranpasport” olish uchun katta navbatlar Rossiyaga aviaqatnovlar tiklangani haqidagi mish-mishlar ortidan yuzaga kelgani ma’lum qilindi

    22.12.2020, 11:11

    O‘zbekiston COVID-19’ning yangi varianti aniqlangan Buyuk Britaniya va yana yetti davlat bilan aviareyslarni to‘xtatdi

    22.12.2020, 10:36

    “Malika”da ikki yigitning janjali pichoqbozlik bilan tugadi

    22.12.2020, 10:12

    “AES bo‘yicha shartnoma tayyor, texnik jihatlar qoldi” — Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi

    22.12.2020, 09:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sistit — bu uyat emas!


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.