• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Ishdagi ishq” filmi yulduzi Alisa Freyndlix 86 yoshda. Aktrisa haqida ko‘pchilik bilmaydigan qiziqarli ma’lumotlar (foto)

    1981-yil Xalq artisti unvoni, shuningdek, 4 ta oliy mukofot, ko‘plab kino va teatr mukofotlari sovrindori – Rossiyaning mahoratli aktrisasi Alisa Freyndlix 8-dekabr kuni 86 yoshga to‘ldi.

    Foto: “Piter.tv”

    Foto: “Piter.tv”

    Alisa Brunovna 1934-yil 8-dekabr kuni Rossiyaning Leningrad shahrida tug‘ilgan. Unga ism otasi va buvisi tomonidan qo‘yilgan bo‘lib, onasi uni Natasha deb chaqirishni yoqtirgan. Alisaning otasi yarim nemis, onasi esa Pskovdan edi. Alisaga aktyorlik mahorati aktyorlik kursida uchrashgan ota-onasidan o‘tgan. Afsuski, ularning oilasi urush boshlanmasidan avval ajralib ketgan.

    Foto: “klops.su”

    Foto: “klops.su”

    Urush, qamal, ochlik… Aktrisaning bolaligi havas qilgulik darajada o‘tmagan. Uning o‘zi esa u davrlarni shunday eslaydi: “Men shu qadar qadimiy insonmanki, ilk xotiralarim urushgacha bo‘lgan. Ular, ehtimol, keyingilariga qaraganda yorqinroqdir. Bolaligim baxtli o‘tgan, ota-onam yosh, har narsaga g‘ayratli, hali o‘ynab-kulishni istar edi”.

    Foto: “klops.su”

    Foto: “klops.su”

    Urush tugaganidan so‘ng Alisa teatr guruhida tahsil olishni boshlagan va ushbu san’at turiga shunchalar qiziqib qolganidan 1953-yil Ostrovskiy nomidagi teatr institutiga o‘qishga kirgan.

    Foto: “film-like.ru”

    Foto: “film-like.ru”

    O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan Alisa Leningrad drama teatriga, undan so‘ng Lensovet akademik teatriga ishga joylashgan. Avvalgi ish joyida ikkinchi darajali rollari tufayli taqdirlangan bo‘lsa, keyinchalik teatrning bosh aktrisasiga aylangan va turmush o‘rtog‘i rejissor Igor Vladimirovning spektakllarida rol ijro etgan.

    Foto: “film-like.ru”

    Foto: “film-like.ru”

    “Igor Petrovich Vladimirov – mening san’atdagi haqiqiy ustozim. G‘amxo‘r va talabchan o‘qituvchim. Mening sodiq do‘stim. Men teatrdagi barcha yutuqlarim uchun undan qarzdorman”, − deydi aktrisa.

    Foto: “kino-teatr.ru”

    Foto: “kino-teatr.ru”

    Alisa birinchi marta 1956-yil o‘z kursdoshi Vladimir Karasevga turmushga chiqqan, ammo institutni yakunlaguncha ajrashib ketgan. Birinchi turmushi haqida aktrisa shunday deydi: “Menimcha, bu bir sinov yoki nikoh nima ekanligini bilishga bo‘lgan tajribasiz urinish edi”.

    Foto: “russkiymir.ru”

    Foto: “russkiymir.ru”

    Ikkinchi oilasi yuqorida aytilganidek, rejissor Igor Vladimirov – Alisani taniqli aktrisaga aylanishiga sababchi bo‘lgan inson edi. Ular 1961-yil turmush qurgan va 20 yil davomida baxtli hayot kechirgan. Alisa 34 yoshida qizalog‘i Varvarani dunyoga keltirgan. Alisaning muvaffaqiyati sababli erining rashki, shuningdek, mehribon turmush o‘rtog‘i uchun ayollarning aktrisaga hasadi ortidan ular ajrashishga qaror qilgan. Oradan ikki yil o‘tib, aktrisa Lensovet teatridagi ish faoliyatini ham yakunlagan.

    Foto: “dni.ru”

    Foto: “dni.ru”

    “Bizning ayrilig‘imiz Igor uchun ham, teatr uchun ham og‘ir edi. Men buni anglaganim uchun ham spektakllardagi rolimni ijro etaman, deb qasam ichdim. Ammo Igor buni xohlamadi. Ishtirokimdagi spektakllar repertuardan butunlay olib tashlandi. Shuningdek, teatrda yangi aktrisalar ham paydo bo‘lgandi”, − deydi hozirgacha Tovstonogov nomidagi katta drama teatrida faoliyat yuritayotgan aktrisa.

    Foto: “film-like.ru”

    Foto: “film-like.ru”

    Aktrisaning uchinchi turmushi yosh aktyor va rassom Yuriy Solovey bilan 12 yil davom etdi. “Yura bilan ham hayotimiz juda yaxshi kechdi. U meni boshqalar kabi kasbimdan rashk qilmas edi. Ammo u Germaniya ketish taklifini bildirdi va u yerda ishga joylashdi. Men buni rad etdim, natijada ayrilishimizga to‘g‘ri keldi”.

    Foto: “Piter.tv”

    Foto: “Piter.tv”

    1990-yildan so‘ng aktrisa bor mehrini qizi va nabirasiga bag‘ishlashni muhim deb bildi va boshqa oila qurmadi. Alisaning qizi Varvara aktrisa sifatida spektakllarda onasi bilan rol ijro etgan.

    Foto: “Piter.tv”

    Foto: “Piter.tv”

    Uning Nikita va Anya ismli farzandlari bor. Nikita ham onasi va buvisining izidan borib, san’atning boshqa sohasida prodyuserlik bilan shug‘ullanadi. Yana bir nabirasi Anna tufayli aktrisa katta buviga aylandi, uning Sonya ismli qizalog‘i 1,5 yil avval dunyoga kelgan.

    Foto: “film-like.ru”

    Foto: “film-like.ru”

    Alisa 23 yoshidan boshlab 63 yil davomida teatrda “yashadi”, desa ham bo‘ladi. “Mening quvvatim juda oz qoldi. Sahnaga chiqishdan avval ibodat qilaman. Qarindosh, yaqinlar, men uchun qadrli bo‘lgan barchadan kechirim so‘rayman. Oz bo‘lsa ham ularning ko‘maklariga muhtojman”, − deydi ayni damda 86 yoshni qarshilagan aktrisa.

    Foto: “film-like.ru”

    Foto: “film-like.ru”

    Mavzuga doir:

    • Komediyalarning malikasiga aylangan qoshsiz aktrisa – Vupi Goldberg 65 yoshda (foto)
    • “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmi qahramonlari 40 yil ichida qay darajada o‘zgardi? (foto)
    • “Chiroyli qiz, yaxshi qiz Lida” — Natalya Seleznyovaning hayoti qanday kechdi? (foto)

    08.12.2020, 22:47   Izoh (0)   58911
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Uddalab bo‘lmas topshiriq-8” filmi kosmosda suratga olinadi

    08.12.2020, 19:45

    Epizod rollari bilan e’tibor qozongan yosh aktyor Mirafzal Shofayziyev hozir qayerda? (foto)

    08.12.2020, 14:19

    8-dekabr kuni “Ibrat” va “Mahmudxo‘ja Behbudiy” filmlari telekanallar orqali namoyish etiladi

    08.12.2020, 10:26

    Shon Konneri ijrosidagi Jeyms Bondning pistoleti 250 ming dollarga sotildi

    07.12.2020, 09:59

    O‘z muxlislari bilan turmush qurgan Bollivud yulduzlari (foto)

    06.12.2020, 19:50

    Di Kaprio, Tom Kruz va Silvester Stallone: Jarohatlanganiga qaramay rol ijro qilishdan to‘xtamagan aktyorlar (foto)

    06.12.2020, 14:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.