“Barselona” sobiq bosh murabbiyi Kike Setyen katalon klubini sudga berdi, deya xabar qilmoqda AS.
62 yoshli mutaxassis ishdan bo‘shatilgani uchun kompensatsiya to‘lamagan “Barselona”ni shartnoma shartlarini buzganlikda ayblamoqda.
Avvalroq Setyenning advokatlari “Barselona”dan 4 million yevro miqdoridagi kompensatsiya puli talab qilayotgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Setyen 2020-yilning yanvarida “Barselona”da Ernesto Valverdening o‘rnini egallagandi. “Ko‘k-anorranglilar” mutaxassis qo‘l ostida La Ligada 2-o‘rinni oldi, Ispaniya Kubogi chorak finalida o‘z yurishini to‘xtatdi. Chempionlar Ligasi chorak finalida “Bavariya”dan uchralgan yirik mag‘lubiyat (2:8) esa mutaxassisning iste’fosiga sabab bo‘ldi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljallangandi.
Setyenning o‘rniga “Barselona” Ronald Kumanni olib keldi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)