Xitoyning Sichuan provinsiyasida ajrashish jarayonida bo‘lgan er-xotin 29 ta tovuqni qanday taqsimlash masalasida kelisha olmadi. Sudya ramziy yechim sifatida “ortiqcha” tovuqni kechki xayrlashuv ovqatida birgalikda yeyishni taklif qildi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Nizo qanday kelib chiqqan?
Tu xonim va uning eri Yan turli qishloqlarda yashab, asosan parrandachilik bilan shug‘ullangan. Ularning asosiy daromadi parranda boqishdan kelgan, ba’zida Yan boshqa ishlar bilan ham shug‘ullangan.
Ajrashish paytida ular o‘zlari qurgan uylardan tashqari katta mol-mulkka ega emas bo‘lmagan. Uylar ro‘yxatdan o‘tgan manzillarda qolgan. Shuning uchun bo‘linadigan asosiy mulk uy xo‘jaligi bo‘lgan: jami 53 parranda — 29 tovuq, 22 g‘oz va 2 o‘rdak.
Er-xotin g‘oz va o‘rdaklarni teng bo‘lishga kelishgan, biroq tovuqlar ustida tortishuv chiqqan. Ayol ularga o‘zi qaraganini aytib, ortiqcha bittasini o‘ziga olishni xohlagan. Yan esa bunga qarshi chiqib, ularni parvarishlashga ko‘p vaqt va kuch sarflaganini aytgan.
Sudyaning qarori
Sudya Chen Syan ikkita variantni taklif qilgan: “ortiqcha” tovuqni birgalikda yeyish yoki parrandani olgan tomon uning qiymatini qoplab beradi. Er-xotin birinchi variantni tanlagan, tovuq pishirilib, birga yeyilgan. Ovqatdan so‘ng Yan elektr velosipedda Tu xonimni uyiga olib borgan.
Er-xotin moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lishga, ammo do‘stona munosabatlarni saqlab qolishga kelishgan. Sudya bunday yondashuv qonunga ham, qishloq urf-odatlariga ham mos kelishini ta’kidlagan. Xitoy qonunchiligiga ko‘ra, nikoh davrida orttirilgan barcha mol-mulk umumiy hisoblanadi va teng taqsimlanadi.
Izoh (0)