La Liga 11-turi doirasida kechgan “Real”—“Alaves” uchrashuvida (1:2) madridliklar darvozasi tomon penalti belgilandi.
La Liganing so‘nggi uchta turida “Real” darvozasi tomon beshta penalti belgilandi. Bunga qadar Madrid klubi darvozasiga La Liga 52 ta o‘yinda shuncha penalti belgilangandi.
“Real” bir oy ichida darvozasi tomon beshta penalti belgilangan XXI asrdagi ilk klubga aylandi. Noyabr oyidagi barcha beshta penalti golga olib keldi.
“Real” 11-turdan keyin 17 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. Jamoa hisobida bitta zaxira o‘yini mavjud.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)