PSJning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini Turinning “Yuventus”ida davom ettirishi mumkin, deb yozmoqda Calciomercato.
Turinliklar jamoa hujumchisi Paulo Dibala bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Shu boisda “Yuventus” Dibalani Ikardiga almashtirish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Ushbu transfer 2021-yil yozida amalga oshishishi mumkin.
Dibalaning “Yuventus” bilan amaldagi bitimi 2022-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. 27 yoshli forvard 2020/21-yilgi mavsum jamoa safida 9 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.
Ikardi 2019-yil yozida “Inter”dan PSJga o‘tgandi. Futbolchi amaldagi mavsum Fransiya chempionatida 5 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)