“Milan” A Seriya 9-turida “Fiorentina”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).
Uchrashuvda Alessio Romanyoli va Frank Kessiening gollari milanliklarga g‘alaba olib keldi.
Shu tariqa “Milan” Italiya chempionatidagi golli seriyasini 29 o‘yinga yetkazdi. Bu klub tomonidan 1972—1973-yillarda o‘rnatilgan rekordning takrorlanishi bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Opta.
So‘nggi bor “Milan” yanvar oyida “Sampdoriya”ga qarshi o‘yinda (0:0) gol ura olmagan edi. Keyingi turda milanliklar aynan “Sampdoriya”ga qarshi maydonga tushadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)