Turkiyada 10-avgust kuni 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya xabar berdi.

Zilzila Balikesir provinsiyasi Sindirg‘i shahrida 11 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan. Yer silkinishi Istanbul va boshqa shaharlarda ham sezilgan. Hozirda zilzila tufayli hech qanday salbiy oqibatlar qayd etilmagan. Mutaxassislar yetkazilgan zararni baholashga kirishgan.
Turkiyada kuzatilgan kuchli zilzila
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil fevral oyida Turkiyada Rixter shkalasi bo‘yicha 7,5 balldan yuqori bo‘lgan bir nechta kuchli zilzilalar ketma-ket sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat zonasi 11 ta provinsiya va qo‘shni mamlakatlarni qamrab oldi. Oqibatda 50 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi.
Seysmologlar ta’kidlashicha, 2030-yilgacha bo‘lgan istiqbolda xuddi shunday kuchli zilzila ehtimoli juda katta. Biroq uning oqibatlari yanada halokatli bo‘ladi.
Izoh (0)