“Arsenal” Angliya Premyer Ligasi 10-turida “Vulverhempton”ga mag‘lubiyatga uchradi (1:2).
“Kanonirlar” mavsumning dastlabki 10 ta o‘yinida 13 ochko to‘pladi. Bu klubning Angliya chempionatida 1981/82-yilgi mavsumdan keyingi eng yomon natijasi hisoblanadi. 39 yil avval jamoa mavsumning dastlabki o‘nta o‘yinida 12 ochko jamg‘argandi. O‘sha mavsumni “Arsenal” 3-o‘rinda yakunlagan.
Bir yil avval londonliklar ustozi Unai Emeri iste’foga chiqarilgandi. U ishdan ketgan vaqtda “Arsenal” 13 o‘yinda 18 ochko to‘plagan holda 8-o‘rinda borayotgandi.
Ayni vaqtda “Arsenal” 14-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)