• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Hashamatli uy, mashinalar va ko‘z-ko‘z qilinmaydigan shaxsiy hayot. “Real”ning “billur oyoq”li yulduzi Eden Azar qanday hayot kechiradi?

    “Chelsi”dagi bir necha yillik muvaffaqiyatli mavsumlardan keyin “Real”ga o‘tgan Eden Azar kutilgan o‘yinni namoyish eta olmayapti va mana ikki yildirki, jarohatlar bilan o‘ralashib qolgan. Shunga qaramay, hali unda yetarlicha imkoniyat va vaqt borligi aytilmoqda. Biroq hozir bu haqida emas, balki uning yashash tarzi, oilasi, mashinalari va daromadlari haqida fikr yuritamiz.

    Azar qayerda yashaydi?

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Eden Azar 2019-yilning 7-iyun kuni “Real”ga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa-da, bu vaqtga qadar o‘zi uchun Madriddan uy sotib olishga ulgurgandi. Ko‘pchilik futbolchining Garet Beylning qasriga joylashishini taxmin qilgandi, ammo uelslik futbolchi u paytda jamoani tark etmagandi. Shu tariqa Azar Madridning obro‘li tumanlaridan biri La Finchaga joylashdi. Bu hududda “Real”ning ko‘plab o‘yinchilari istiqomat qiladi, Edenning qo‘shnilari esa Karim Benzema va Rafael Varan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Azarning uyi ham La Finchadagi boshqa hashamatli qasrlardan aslo farq qilmaydi. Ularning barchasi bir xil dizayn ega bo‘lib,  unda cho‘milish havzasidan tortib to garajgacha barchasi muhayyo qilingan.

    Azar qanday mashinalarda yuradi?

    Azar o‘z daromadlari va mashinalari bilan maqtanishni xush ko‘rmaydigan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi. Futbolchining o‘zi bu borada shunday deydi:

    “Ha, futbol menga katta pul berdi va men futbol o‘ynash orqali pul ishlashim mumkinligidan xursandman. Lekin bu bilan hech qachon maqtanmayman, chunki bu menga qaraganda kam pul topadiganlarga nisbatan hurmatsizlik bo‘ladi. Mashinam, uyim bor, ko‘p narsaga qodirman, lekin barchasini odamlarga ko‘rsatmayman. O‘zlarining barcha boyliklarini omma oldida namoyish etadigan va samolyotlari bilan maqtanadigan futbolchilar bor. Ammo men oddiy, xalq orasidan chiqqan odamman. Ota-onam menga shunday tarbiya bergan”.

    Eden intervyularidan birida birinchi mashinasi qora Mini Cooper bo‘lganligini haqida gapirgandi:

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    “Bu juda yaxshi edi, ushbu mashinaning omadi kelmagan, chunki men uni yaxshigina charchatib qo‘yganman. Angliyada tez-tez tirbandliklarga tushib qolardim, shuning uchun Mini Cooper ayni muddao edi”.

    Shuningdek, uning garajida boshqa bir qator mashinalarni ko‘rish mumkin. Ulardan biri qora rangdagi 110 ming dollarlik Range Rover.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Aynan ushbu modeldan aksariyat boshqa futbolchilar ham foydalanadi. Azarning yana bir avtomobili 310 ming dollarlik Aston Martin Vanquish bo‘lib, Eden aynan ushbu “toychoq”qa o‘zgacha mehr qo‘ygan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ushbu modeldan Jeyms Bond josuslar haqidagi filmlardan birida foydalanganini alohida ta’kidlash lozim. Edenning hozircha oxirgi avtomobili Audi R8 bo‘lib turibdi. Uning narxi 155 ming dollarni tashkil qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Azarning shaxsiy hayoti qanday?

    Eden Azar shaxsiy hayotini oshkor qilishni istamaydi. Oilasi bilan birgalikda uni faqat mavsum oxirida, ya’ni taqdirlash marosimlarida ko‘rish mumkin, xolos.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Rafiqasining ismi Natasha Azar bo‘lib, u futbolchining hayotidagi birinchi va yagona ayol. Ular bir maktabda tahsil olgan. Azar “Lill”ga ko‘chib o‘tganidan so‘ng esa Natasha maktabni tamomlab, uning oldiga boradi. Qayd etish joiz, Natashaning biror bir ijtimoiy tarmoqda sahifasi yo‘q. Natasha bolaligida badminton va futbol bilan shug‘ullangan, aynan shu tufayli ham Azar uni yoqtirib qolgan bo‘lsa ajab emas. Juftlik hozirda uch nafar o‘g‘il farzandni voyaga yetkazmoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Azarning do‘stlari kim?

    Eden Azarning futbol olamidagi do‘stlari ko‘p emas.“

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Chelsi”da o‘ynab yurgan kezlari u Ngolo Kante bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lgan, “Real”da esa Karim Benzema bilan tezda do‘st tutindi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ularning yonma-yon yashashi ham bunga o‘z ta’sirini o‘tkazgan, albatta. Bundan tashqari har ikkala futbolchi fransuz tilida so‘zlashadi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Va, albatta, Azarning eng yaqin do‘sti, bu uning ukasi Torgandir. Ular birgalikda Belgiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Aytishlaricha, Azar barcha sirlarini aynan ukasiga ishonar ekan.

    Azar futboldan tashqari yana nimlarga qiziqadi?

    Yuqorida aytilganidek, Azar ko‘p vaqtini oilasi bilan o‘tkazadi. Shunga qaramay, u o‘z qiziqishlari uchun ham vaqt topadi. Futbolchi basketbol muxlisi hisoblanadi. Bundan tashqari, o‘yinchi suv transportlarini boshqarishni xush ko‘radi. Shuningdek, u turli xil reklamalarda ham suratga tushib turadi. Tabiiyki, buning uchun u yaxshigina haq oladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Azarning daromadi qancha?

    Londonda Eden haftasiga 260 ming yevro maosh olardi, bu yiliga 13,5 millionga aylanadi. Biroq Madridga ko‘chib o‘tgach, uning maoshi biroz pasaydi, endilikda uning haftalik daromadi 210 ming yevroga teng. Ushbu holatda Azarning “Real”dagi bir yillik maoshi 11 millionni tashkil qiladi. Eden Azar “Real”da o‘ynash uchun naq 2,5 milliondan voz kechgan.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Boshqa maqolalar:

    • Mercedes, Adidas, xayriyalar va o‘ynamay topilayotgan millionlar. Mesut O‘zilning hashamatli hayoti haqida
    • Oila, mashinalar va antiqa sevgi qissasi. “Oltin to‘p” sohibi Luka Modrich qanday hayot kechiradi?
    • Hashamatli uy, mashinalar va suzish. Madridning himoya qo‘rg‘oni Serxio Ramos qanday hayot kechiradi?

    24.11.2020, 12:04   Izoh (0)   35878
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vadim Abramov: “Men murabbiyman, agent emas. Murabbiylar oldi-sotdi bilan shug‘ullanmaydi”

    24.11.2020, 10:54

    Zinedin Zidan “Real”ning “Inter”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi

    24.11.2020, 10:01

    Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasidagi almashtirib bo‘lmas futbolchi kimligini aytdi

    23.11.2020, 23:00

    Angliyada qachondan boshlab muxlislar stadionlarga kiritilishi ma’lum qilindi

    23.11.2020, 22:03

    FIFA vitse-prezidenti 5 yilga futbolga oid faoliyatdan chetlatildi

    23.11.2020, 21:13

    Zlatan Ibragimovich qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

    23.11.2020, 20:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyaga ishlash uchun borib, aldanib qolgan ayol ortga qaytarildi

    Samarqand | 24 avgust, 18:21

    Isroil zarbalari sabab qurbon bo‘lgan g‘azoliklar soni yana 63 kishiga ko‘paydi

    Dunyo | 24 avgust, 17:55

    Xitoyda uch yoshli qizchaning boshidan 15 sm pichoq chiqarib olindi

    Dunyo | 24 avgust, 17:32

    Haddan oshgan muxlislar: dahshatli ta’qiblarga uchragan jahon yulduzlari

    Kino | 24 avgust, 17:10

    Rossiya NATO chegarasidan 25 km uzoqlikda ulkan obyekt qurmoqda (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 17:08

    “Bu qandaydir bema’nilik”. Tatariston prezidenti rus tilini bilmagan muhojir bolalarni maktabga qabul qilmaslik haqidagi qonunni tanqid qildi

    Dunyo | 24 avgust, 16:06

    O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga noqonuniy aralashganlar endi jarimaga tortiladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 15:47

    Rossiyaning yetakchi dron ishlab chiqaruvchisi bankrotlik yoqasiga kelib qoldi

    Dunyo | 24 avgust, 15:26

    “Men dumalayman”, “Yer kezuvchisi”: mashhur avtomobil brendlarining nomlari qanday ma’noni bildiradi?

    Avto | 24 avgust, 15:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.