“Milan” Italiya A Seriyasi 8-turida “Napoli”ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:1).
Uchrashuvda milanliklar hujumchisi Zlatan Ibragimovich dubl qayd etdi. Bu orqali 39 yoshli futbolchi Yevropa kuchli beshlik ligalaridagi gollari sonini 288 taga yetkazdi. Zlatan umumiy ro‘yxatda “Liverpul” sobiq forvardi Gordon Hojsonni (287) ortda qoldirdi.
Endilikda u eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 8-o‘rinni egallab turibdi. Reytingning birinchi pog‘onasida “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu (455) borayotgan bo‘lsa, keyingi o‘rindan “Barselona” futbolchisi Lionel Messi (447) joy olgan.
Ibragimovich A Seriyada “Yuventus” va “Inter”, La Ligada “Barselona”, APLda “Manchester Yunayted” hamda Liga 1 da PSJ safida to‘p kiritgan.
Top-5 ligalar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar:
- Krishtianu Ronaldu(“Yuventus”) — 455 ta gol;
- Lionel Messi(“Barselona”) — 447;
- Jimmi Grivz — 366;
- Gerd Myuller — 365;
- Stiv Blumer — 317;
- Diksi Din — 310;
- Delio Onnis — 299;
- Zlatan Ibragimovich (“Milan”) — 288;
- Gordon Hojson — 287.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)