“Yuventus” A Seriya 8-turida “Kalyari”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).
Turinliklarning ikki goliga ham Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi.
Portugaliyalik futbolchi A Seriya mavsumi avvalidagi ketma-ket beshta o‘yinida gol urdi va 1994/95-yilgi mavsumdan keyin ushbu natijaga erishgan “Yuventus”ning ilk o‘yinchisi bo‘ldi.
Ronaldu Italiya chempionatining 2020/21-yilgi mavsumida beshta o‘yin o‘tkazib, 8 gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.
Portugaliyalik futbolchi bir qator o‘yinlarni jarohat va koronavirus sabab o‘tkazib yubordi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)