Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Yussufa Mukoko Bundesliga 8-turida “Herta”ga qarshi kechgan bahsda (5:2) debyut qildi.
Kamerunlik futbolchi uchrashuvning 85-daqiqasida bahsda poker qayd etgan Erling Holandni almashtirdi.
Mukoko o‘yin kuni 16 yosh-u 1 kunlik edi. Shu tariqa futbolchi Germaniya chempionati tarixidagi eng yosh o‘yinchiga aylandi. U dortmundliklar sobiq yarim himoyachisi Nuri Shahinning (16 yosh-u 11 oylik) rekordini yangiladi.
Mukoko joriy mavsum “Borussiya” U-19 jamoasida 4 o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)