“Barselona” La Liga 10-turi doirasida “Atletiko”ga qarshi kechgan bahsda mag‘lubiyatga uchradi (0:1).
Ronald Kuman boshchiligidagi jamoa La Liga mavsumining dastlabki 8 ta o‘yindan keyin 11 ochko to‘pladi: 3 g‘alaba, 3 mag‘lubiyat, 2 durang.
Bu 1991/92-yilgi mavsumdan keyingi eng yomon start bo‘ldi (uch ochkolik tizimda). Qizig‘i, 28 yil avvalgi o‘sha mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
“Barselona” hozirda 12 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. Jamoa hisobida ikkita zaxira o‘yini bor.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)