Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 8-turida “Borussiya D” jamoasi 21-noyabr, shanba kuni “Herta” maydonida mehmon bo‘ldi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 33-daqiqasida Mateus Kunya berlinliklarni oldinga olib chiqdi. Bunga dortmundliklar ikkinchi bo‘limda beshta gol bilan javob qaytardi. 2020-yilgi Golden Boy sovrinini qo‘lga kiritgan Erling Holand poker qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Rafael Gerreyru muallif bo‘ldi. Shuningdek, Kunya yana bir bor mehmonlar darvozasini ishg‘ol qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin dortmundliklarning ochkolari 18 taga yetdi va jamoa ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Herta” (7) 13-pog‘onada qoldi.

“Leypsig” safarda “Ayntraxt” bilan durang o‘ynadi va peshqadam “Bavariya”ga yetib olish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.

Bundesliga

8-tur bahsi

21-noyabr, shanba

“Herta” — “Borussiya D” 2:5

Gollar: 1:0 – 33 Mateus Kunya, 1:1 – 47 Holand, 1:2 – 49 Holand, 1:3 – 62 Holand, 1:4 – 70 Gerreyru, 1:5 – 79 Holand, 2:5 – 79, penalti Mateus Kunya.

“Herta”: Shvolov, Pekarik (Mittelshtedt, 85), Alderete, Plattenxardt (Zefeyk, 85), Shtark, Genduzi, Darida (Leven, 76), Lukebakio (Lekki, 75), Boyata, Piontek (Ngankam, 76), Mateus Kunya.

“Borussiya D”: Byurki, Menye, Hummels, Akanji, Gerreyru (Shults, 85), Daud (Bellinghem, 62), Jan (Pishchek, 76), Brandt, Vitsel, Roys (Reyna, 77), Holand (Mukoko, 85).

Ogohlantirishlar: Gerreyru (10), Mateus Kunya (61).

“Ayntraxt” — “Leypsig” 1:1

Gollar: 1:0 – 43 Barkok, 1:1 – 57 Poulsen.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!