• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Di Stefano, Zidan, Ramos va Ronaldu. “Real” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar haqida

    Madrid dunyoning eng muvaffaqiyatli, ommabop, sovrindor va boy klublardan biri hisoblanadi. Klub tashkil topganidan beri unda ko‘plab yuqori darajadagi futbolchilar to‘p surib kelgan, ularning aksariyati esa jamoaning ramzi va afsonasiga aylangan. Demak, quyida “qirollik klubi” tarixidagi eng yaxshi futbolchilari haqida fikr yuritiladi.

    Alfredo di Stefano

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Real” tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri bu, shubhasiz, di Stefanodir. Alfredo o‘tgan asrning 50-yillarida madridliklarning Yevropa maydonlarida to‘liq ustunlik qilishini ta’minlardi. Argentinalik yetakchisi tufayli jamoa Chempionlar Kubogining dastlabki beshta unvonini qo‘lga kiritgan. Alfredo esa har beshala finalda ham gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Umumiy hisobda di Stefano “qaymoqranglilar” safida 396 o‘yinda 308 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Di Stefano – ko‘p qirrali futbolchi bo‘lib, himoyachilarga yordam berishdan tortib to “yirtqich” hujumchi vazifasigacha bajarardi.

    Krishtianu Ronaldu

    Foto: Squawka

    Foto: Squawka

    Agar di Stefano “Real”ning XX asrdagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lsa, Ronaldu XXI asrda ana shunday nomga loyiq ko‘rilgan. 9 mavsum davomida portugaliyalik muntazam ravishda gollar urib, “qaymoqranglilar” safida rasmiy turnirlarda naq 450 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Bu esa unga jamoaning eng yaxshi to‘purari degan maqomni taqdim etdi. Madridliklarning 4 marta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishida ham, shubhasiz, Ronaldu muhim rol o‘ynagan. Ochig‘ini aytganda, agar Ronaldu bo‘lmaganida “Real”ning ushbu o‘n yillikda “El-Klasiko” va umuman, Messisi bo‘lgan “Barselona”ga qanday raqobat ko‘rsatishini tasavvur qilish mushkul.

    Raul Gonsales

    Foto: SportBall

    Foto: SportBall

    Gonsales “Santyago Bernabeu”da uzoq va muvaffaqiyatli yillarni o‘tkazdi. O‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha (741) “Real Madrid”ning rekordchisi yaqin vaqtgacha klub (323 ta gol) va Chempionlar Ligasi tarixidagi (71 ta gol) eng yaxshi to‘purar bo‘lib turgandi. Raul jamoani o‘z ortidan ergashtira olardi, u gapirayotganda esa xohlasa, xohlamasa uni hamma eshitishga majbur edi. Uning maydondagi eng ustun jihati – kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘la olishi edi. Uning to‘pni ohistalik bilan darvozabonlar ustidan oshirib tashlashiga esa ortiqcha ta’rif bermagan ma’qul.

    Raul Madrid klubining ramzi bo‘lib, u jamoa bilan besh yil davomida uch marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, olti bor La Liga chempionligini ham qo‘lga kiritgan. “Real” muxlislari Raulni juda yaxshi ko‘rardi, hatto unga “Madrid qiroli” deb laqabi berilgandi.

    Fransisko “Pako” Xento

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xento futbol tarixida olti marta Chempionlar Kubogi/Ligasida g‘alaba qozongan yagona o‘yinchi hisoblanadi.  50–60-yillarda chap qanot vingeri o‘zining ajoyib tezligi va driblingi bilan mashhurlikka erishgandi. Uning yagona kamchiligi di Stefano va Ferens Pushkash singari yulduzlar bilan bir vaqtda o‘ynagani bo‘lgan.

    Serxio Ramos

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Real” safida o‘zining 16-mavsumini o‘tkazayotgan Madrid qo‘rg‘oni 34 yoshda bo‘lishiga qaramay, hamon yuqori darajada o‘ynamoqda. U to‘rt karra Chempionlar Ligasi g‘olibi sanaladi, “Real” safida umumiy hisobda 696 uchrashuv o‘tkazib, 100 ta gol urgan va 22 ta sovrin qo‘lga kiritgan. Bu esa himoyachi uchun kamtarona bo‘lmagan raqamlardir. Shunday ekan, u to‘g‘risida ortiqcha yozishga hojat yo‘q. Faqatgina uning o‘yinini kuzatishning o‘zi yetarli.

    Iker Kasilyas

    Foto: “Real”

    Foto: “Real”

    10 yildan ortiq vaqt davomida Kasilyas “Real”ning 1-raqamli darvozaboni bo‘ldi. U futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri hisoblanadi. Uning ijrosidagi ajoyib seyvlar ko‘pincha madridliklarni muqarrar gollardan saqlab qolardi. Barcha turnirlarda Iker madridliklar safida 725 uchrashuv o‘tkazgan. “Qaymoqranglilar” tarixidagi eng yaxshi darvozabon 21 yoshga to‘lmasidan avval ikki marta jamoaning Chempionlar Ligasidagi g‘alabasini ta’minlagandi. Shuningdek, u “Real”ning Desimani (Chempionlar Ligas/Kubogidagi 10-g‘alaba) qo‘lga kiritishida ham muhim ahamiyat kasb etgandi. Iker “Real” bilan umumiy hisobda 18 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

    Zinedin Zidan

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    “Galaktikos” davri madridlik muxlislarga Figu, Zidan, Ronaldu, Bekhem kabi dunyo yulduzlarini berdi. Ammo Florentino Peresning o‘sha xaridlaridan faqat Zidan shunchalik ajoyib o‘ynadiki, uning ushbu ro‘yxatdan joy olgani ham bejizga emas. O‘sha paytda Zizu “qaymoqranglilar”ning rekord xaridiga aylangandi. Madridliklar yarim himoyachi uchun “Yuventus”ga 75 million yevro bergandi. Zinedin esa jamoaga juda tez moslashdi va eng yaxshi futbolchilardan biriga aylandi. “Qirollik klubi”da o‘tgan besh mavsumda yarim himoyachi 49 ta gol urdi. Zidan “Real”da o‘yinchi sifatida kam vaqt o‘tkazgan bo‘lsa-da, b uning klub tarixidagi eng yaxshi futbolchilar qatoridan joy olishiga to‘sqinlik qilmadi.

    Roberto Karlos

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Karlos “Fenerbahche”ga o‘tishidan oldin 11 yil “Santyago Bernabeu”da to‘p tepdi. Braziliyalik futbolchining jarima zarbalari asr boshida Madridning ramzlaridan yana biriga aylangandi. Roberto Karlos chap qanotda katta hajmli ishni amalga oshirardi. U hozirgi kunga qadar ham futbol tarixidagi eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri hisoblanadi. Braziliyalik himoyada ideal o‘yin ko‘rsatar, yashin tezligida jamoaning hujumlarida qatnashardi. Shuningdek, Roberto Karlos o‘zining kuchli va aniq zarbasi bilan ancha mashhur edi. U 2010-yilgacha (Lukas Podolski uning rekordini yangiladi) eng kuchli zarba (198 km/soat) muallifi sifatida e’tirof etilardi.

    Luka Modrich

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Modrich “Real”ga 26 yoshida shakllangan futbolchi sifatida kelgandi, biroq dastlab xorvatni hatto Ispaniyada yilning eng yomon transferi deb atashdi. Ammo Luka o‘ziga bo‘lgan ishonchi va mehnatsevarligi bilan taqdir g‘ildiragini shu qadar aylantira oldiki, hozirda uning ushbu ro‘yxatdan joy olishiga hech kim e’tiroz bildir(ol)maydi. Modrich “qaymoqranglilar” bilan 17 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Bular qatorida to‘rtta Chempionlar Ligasi bosh sovrini ham bor.

    Mavzuga doir: “Bobomni har safar o‘ylaganimda, yuragim pora-pora bo‘lib ketadi. U o‘z uyi ostonasida otib tashlangandi”. Xorvatiyalik qochoq Luka Modrich hikoyasi

    Manuel (Manolo) Sanchis

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Manolo Sanchis “qirollik klubi”da 200 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchi hisoblanadi. U jamoa tarkibida (1984–2000-yillar) 17 mavsum o‘tkazib, ularning faqat ikkitasidagina 30 tadan kam o‘yin o‘tkazgan. Manuel “Real”da 710 ta o‘yin o‘tkazgan, bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqat Raul (741) va Kasilyas (725) undan oldinda. Sanchis butun faoliyatini Madridda o‘tkazgan uch (Santyago Bernabeu, Chendo va Manolo) futbolchining biridir.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    22.11.2020, 13:00   Izoh (0)   25148
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UFC 255: Shevchenko va Figeredo chempionlik kamarlarini himoya qildi, Xoakin Bakli esa navbatdagi raqibini ham nokautga uchratdi

    22.11.2020, 12:46

    “Bavariya”, PSJ, “Real”, “Barselona” va manchesterliklar. Dunyoning eng qimmat klublari

    22.11.2020, 12:00

    Mercedes, Adidas, xayriyalar va o‘ynamay topilayotgan millionlar. Mesut O‘zilning hashamatli hayoti haqida

    22.11.2020, 10:45

    Bundesliga. “Borussiya D” 7 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda zafar quchdi, Erling Holanddan poker

    22.11.2020, 09:41

    APL. “Manchester Yunayted” Brunu Fernandeshning goli evaziga autsayderni yengdi

    22.11.2020, 06:34

    La Liga. “Barselona” Madridda “Atletiko”ga taslim bo‘ldi

    22.11.2020, 03:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35

    “Real Madrid” 100 mln yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 12 iyul, 11:25

    AQSH Senati komiteti Ukrainaga 500 mln dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

    Dunyo | 12 iyul, 11:05

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.