• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston bog‘cha vaziri o‘rinbosari Maqsud Yo‘ldoshev “Obqochishga majburmiz” degan so‘zlariga izoh berdi

    O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Maqsud Yo‘ldoshev 18-noyabr kuni Qonunchilik palatasi majlisida ro‘y bergan holatga izoh berdi.

    Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi

    Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi

    Vazir o‘rinbosari “Kun.uz” nashriga bergan intervyusida deputatlarga bergan hisobotida yolg‘on yo‘qligi, barcha so‘zlarini asoslab bera olishini aytdi, ammo o‘sha vaqtda telefonda tanishi bilan nima mavzuda gaplashganini va “Obqochishga majburmiz endi, nima qilamiz?”, deganda nimani nazarda tutganini ayta olmadi.

    Maqsud Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, u 18-noyabr kuni bir vaqtning o‘zida ikkita videokonferensiyada qatnashgan. “Shogirdimiz ilmiy ishini himoya qilayotgandi. Bizda ilmiy kengash bor doktorlik ishlari bo‘yicha. Bitta kompyuterda ilmiy kengashning yig‘ilishiga ulangan bo‘lsam, ikkinchisida parlament majlisini kuzatib bordim”, — deya ta’kidlagan vazir o‘rinbosari.

    “Qonunchilik palatasi majlisida deputatning savoliga javob bergandan so‘ng kamerani o‘chiribman-da, mikrofonni o‘chirish yodimdan chiqibdi.

    Shu payt tanishimdan qo‘ng‘iroq bo‘lib qoldi. Mikrofon yoniq bo‘lgani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda ushbu muloqotimizning bir qismi eshitilgan. Telefondagi so‘zlashuv shaxsiy muloqot bo‘lib, buning deputatlar savoliga bergan javoblarimga hech qanday aloqasi yo‘q”, — deya holatga izoh bergan Maqsud Yo‘ldoshev.

    “Deputatlarga bergan har bir javobim asosli, bu tizimda bo‘layotgan narsa. Masalan, oktabr—noyabr oylarida 1700 ta bitim imzolandi, deganlarim, davlat xususiy sherikchilikka yo‘naltirilgan mablag‘lar, bular hammasi amaliyotda bo‘lib kelayotgan narsalar. Telefondagi suhbat paytida aytilgan gapimizga bularning umuman aloqasi yo‘q. Agar kimdadir bunga shubha bo‘ladigan bo‘lsa, deputatlarga bergan javobimda aytgan ma’lumotlarimning barchasini asoslab, isbotlab bera olaman”, — deb qo‘shimcha qilgan vazirlik mas’uli.

    Maqsud Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, unga telefon qilgan Xurshid ismli kishi uning do‘sti, o‘zi tengi o‘rtog‘i. “O‘rtamizda telefon orqali kechgan muloqot o‘ta shaxsiy masala bo‘lgani uchun nima masalani gaplashganimizni ochiqlay olmayman”, — deya izoh bergan vazir o‘rinbosari.

    Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 18-noyabr kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisida davlat-xususiy sherikchiligi to‘g‘risidagi savollarga javob qaytargan maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari Maqsud Yo‘ldoshev o‘chirishni unutib, “Obqochishga majburmiz endi, nima qilamiz?”, degan so‘zlari to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga ketgandi. Majlis Youtube orqali jonli efirga uzatilayotgan bo‘lgan. Maqsud Yo‘ldoshev o‘sha paytda qo‘ng‘iroq qilgan Xurshid ismli shaxsga javob bergan va uning “Obqochishga majburmiz endi, nima qilamiz?”, degan so‘zlari deputatlarning savollariga bergan javoblariga nisbatan aytilgani taxmin qilingandi.

    Shundan keyin holat yuzasidan Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva izoh berdi. Uning ma’lum qilishicha, haqiqatan ham Maqsud Yo‘ldoshev deputatlar savollariga javob bergandan so‘ng onlayn uzatilayotgan efir mikrofonini o‘chirishni esidan chiqarib, ish faoliyatini davom ettirgan hamda bu jarayonda unga bo‘lgan qo‘ng‘iroqqa javob bergan.

    “Vazir o‘rinbosari Maqsud Yo‘ldoshev bu telefon orqali so‘zlashuv mazmuni deputatlarga berilgan javobga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan, ommaviy axborot vositalari vakillaridan turli xil ‘ehtimollar’ga asoslangan fikrlarini ilgari surmasliklari va vaziyatga to‘g‘ri baho berishlarini so‘raymiz”, — deyiladi vazirlik matbuot kotibi axborotida.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev vazir o‘rinbosarining bu xatti-harakatiga shunday munosabat bildirgan: “Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari o‘zi bilmagan holda ish tizimi bo‘yicha bor haqiqatni ochib qo‘ydi: tizim olib qochishga moslashgan. Bugun deputatlarni aldab olib qoching, ertaga Prezidentni aldab olib qoching, keyin xalqni aldab olib qoching”.

    19.11.2020, 00:36   Izoh (0)   30084
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chana uchgan bolalar, sayrga chiqqan oilalar, sumalakli tarnovlar. Toshkentda yog‘gan ilk qorning tungi manzaralari

    18.11.2020, 23:47

    Video: Uchtepada volontyorlar “bardak” chorrahani tartibga soldi

    18.11.2020, 23:36

    Qamchiq dovonida qor yog‘ishi 19-noyabr tongigacha davom etishi ma’lum qilindi

    18.11.2020, 23:11

    Yagona ta’sischisi Jahongir Ortiqxo‘jayev bo‘lgan J-United Group kompaniyasi “Poytaxt bank”dan 20 mlrd so‘m kredit olgani rad etildi

    18.11.2020, 22:46

    FVV: O‘zbekistonda 18-noyabrda boshlangan noqulay ob-havo sharoiti yana ikki kun davom etishi mumkin

    18.11.2020, 22:21

    Nukuslik ota uch farzandi uchun aliment o‘rniga uy hadya qildi

    18.11.2020, 22:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.