Chana uchgan bolalar, sayrga chiqqan oilalar, sumalakli tarnovlar. Toshkentda yog‘gan ilk qorning tungi manzaralari
Xabar berilganidek, 18-noyabr, chorshanba kuni Toshkent shahrida tushga yaqin qor yog‘ishni boshladi. Tushdan so‘ng shaharning deyarli barcha nuqtalarida 10 balli (qizil darajadagi) tirbandliklar yuzaga keldi.
Biroq kechqurun 20:45 dan so‘ng ko‘chalarda transport vositalari qatnovi sezilarli darajada kamaydi. Aholi o‘zi istiqomat qiladigan hudud atrofidagi sayrgohlarga chiqib chana uchib, sayr qilishga oshiqdi. “Daryo” muxbiri birinchi qorning ana shunday turli-tuman tungi manzaralarini kadrlarga muhrlashga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)