“Poytaxt bank” J-United Group kompaniyasiga 20 milliard so‘m miqdorida kredit ajratdi, deb xabar bermoqda Spot, bankning Korporativ axborot yagona portalidagi ma’lumotlariga tayanib.
![](/cache/2020/02/pul-Daryo-2-1-1250x750.jpg)
Qayd etilishicha, kompaniya bu pullarni aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun olmoqda.
“Poytaxt bank” 2019-yilning yanvarida ish boshlagandi. Bank ustav kapitali 100 foiz Toshkent shahar hokimligi mablag‘lari hisobiga shakllantirilgan.
Mavzuga doir: MB: Toshkent shahar hokimligi tomonidan “Poytaxt bank” ta’sis etilishi qonunchilik talablarining buzilishi hisoblanmaydi
Xabarda ta’kidlanishicha, Jahongir Ortiqxo‘jayev 2019-yilda Spot’ga bergan katta intervyusida biznesdan chiqqani haqida aytgandi.
Izoh (0)