• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Tushunarsiz kamarlar, g‘alati hakamlik, korrupsiya va layoqatsiz rahbarlar. Boksning islohotlarga muhtojligi haqida

    UFC modeli yordam beradi

    Hech kimga sir emaski, MMA nafaqat ommaboplik borasida boks bilan tenglashibgina qolmay, balki bir necha yildan beri undan oshib ham ketgan. Boksni na 100 yillik ulug‘vor tarixi, na yorqin va xarizmatik yulduzlar qutqarib qola olyapti. Hammasini avj olgan korrupsiya va xuddi imperatorlik davridagidek tartib barbod qilmoqda.

    Bitta vazn toifasida Jahon chempionlari soni o‘ntagacha yetishi mumkin, bu esa o‘z navbatida juda chalkash holatni keltirib chiqaradi. Reytingda noma’lum bokschilar paydo bo‘lishi, hakamlarning sharmandali qarorlari, bularning barchasi professional boksni tubsizlikka olib ketmoqda.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Agar yaqin yillarda qandaydir islohotlar amalga oshirilmasa, barchasi juda yomon yakun topishi mumkin. Xuddi shunday holat Xalqaro havaskor boks federatsiyasi (AIBA) bilan ham ro‘y berdi. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin tan olish lozim, hozirda deyarli hech kim havaskorlarning janglarini tomosha qilmaydi, Olimpiya chempioni maqomi esa faqat prof boksga o‘tayotganda shartnoma imzolashda yordam bera oladi.

    Boks tashkilotlari tugatilishi kerak, u korrupsiya o‘chog‘iga aylangan

    Zamonaviy boksning asosiy muammosi, bu chempionlik tashkilotlari. 1962-yilgacha ular mavjud emas edi, chunki Jahon chempioni ushbu yuksak unvonga loyiqmi yoki yo‘q, bunga hech kim shubha qilmasdi.

    Hatto o‘z vaqtida Amerikada shunday ibora yurgan: “Og‘ir vazn toifasidagi Jahon chempioni mashhurlik borasida faqat AQSh prezidentidangina qoladi”. Va bu shunchaki oddiy balandparvoz gaplar emas edi. Hozirda bu so‘zlar faqat tabassum va nostalgiya tuyg‘ularini keltirib chiqaradi. Hatto mafiya gullab-yashnagan davrda ham, Jahon chempioni bo‘lishni istaganlar gangsterlarni “rozi qilish” uchun ma’lum raqibga mag‘lub bo‘lishi kerak edi, biroq o‘shanda ham bu darajada chalkashliklar bo‘lmagan.

    1962-yilda Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) tashkil topdi, atigi bir yil o‘tib, Butunjahon boks kengashi (WBC), 1983-yilda esa Xalqaro boks federatsiyasi (IBF), besh yildan so‘ng Butunjahon boks tashkiloti (WBO) paydo bo‘ladi. Bular faqat asosiy tashkilotlar bo‘lib, keyinchalik ko‘plab taniqli bo‘lmaganlari ham tashkil etildi.

    1962-yilgacha 9 ta vazn toifasi mavjud edi, bugun esa ularning soni 18 taga yetgan. Bularning barchasining asosiy sababi katta miqdordagi pulni o‘zlashtirishdir. Ushbu tashkilot rahbarlarining har biri promouterlar bilan “alohida” munosabatlari tufayli korrupsion mojarolarga duch kelgan. Ko‘pincha reytinglarga joylashgan o‘rniga munosib bo‘lmagan bokschilar kiritilardi.

    WBC prezidenti Xose Sulaymon bilan yaqin aloqada bo‘lgan Don King bu borada muvaffaqiyat qozondi, WBA yo‘nalishida esa King deyarli boshqaruvni o‘z qo‘liga olib bo‘lgandi. Ushbu tashkilotdagi eng yuqori o‘rinlarni aynan uning bokschilari egallagan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ulardagi hokimiyat asosan, avtoritar va imperatorlik tizimini yodga solardi. Ya’ni hokimiyat otadan bolaga o‘tadi. Ammo agar Jilberto Mendosa 33 yillik WBA rahbarligidan so‘ng unga ma’muriy ishlarda yordam berib, ko‘p yillar vitse-prezident bo‘lib ishlagan o‘g‘li Jilberto Xesusga topshirgan bo‘lsa, WBC bilan bog‘liq ish va hokimiyat Xose Sulaymondan uning o‘g‘li Maurisioga o‘tkazilgani biron bir tashkilotni shu tarzda boshqarmaslik kerakligiga qo‘llanma bo‘la oladi.

    Sulaymon WBC tizimiga 1968-yilda qo‘shilgan va bosqichma-bosqich boshqaruv tepasiga ko‘tarilgan. 1975-yilda u bir ovozdan prezident lavozimiga saylandi. Tanqidlarga qaramay, Sulaymon haqiqatan ham boks uchun juda ko‘p ishlar qildi. U bir qator islohotlarni amalga oshirdi, ulardan eng yaxshilarini bugungi kunga qadar ham ko‘rish mumkin. Xose qoidalarni o‘zgartirib, jangchilar xavfsizligi uchun ko‘p ish qildi: u 15 raundlik janglarni bekor qildi, boks qo‘lqoplariga talablarni kuchaytirdi, doping tizimini takomillashtirdi, “Toza boks” dasturi esa bu borada tom ma’noda inqilob bo‘lib xizmat qildi.

    Sulaymon poliglot bo‘lib, u naq 11 tilni bilar edi, WBC chempionlik janglarining deyarli har birini shaxsan o‘zi nazorat qilgan. Aynan uning qo‘l ostida Butunjahon boks kengashi jahon boksidagi eng yaxshi tashkilot deb topilgan, Sulaymon o‘limigacha, ya’ni 40 yil davomida ushbu tashkilotga  rahbarlik qilgan.

    Ushbu maqomda hokimiyat uning o‘g‘li Maurisioga o‘tdi va u atigi 5 yil ichida otasi o‘n yillar davomida qurgan barcha narsalarni barbod qildi. Darhaqiqat, Maurisio nafaqat no‘noq rahbar sifatida, balki tashkilotni shaxsiy biznesiga aylantirib yuborgan odam bo‘lib yodda qoldi.

    Otasining o‘rnini egallash o‘rniga u oddiy kotib bo‘lib, faqatgina pul olish bilan shug‘ullanardi. Prezident bo‘lganidan so‘ng Sulaymon Rim Papasi bilan hamkorlik shartnomasini tuzdi va bir necha marotaba kengash mablag‘larini turli cherkov tadbirlariga sarflab yubordi.

    Agar Xose Sulaymon King bilan ishlash haqidagi barcha mish-mishlardan o‘zini masofada saqlagan bo‘lsa, uning o‘g‘li Oskar de la Hoya bilan ochiqchasiga birga ishlardi. Uning jangchilari nafaqat reytinglarda eng yaxshi joylarni egallar, balki ular uchun maxsus kamarlar va hatto vazn toifalari joriy etilardi. Xose davrida vaqtinchalik chempion unvoni juda kamdan kam hollarda ijro etilardi, ammo uning o‘limidan so‘ng “ta’tildagi chempion”, “kumush”, “olmos” va “maxsus” kamarlar paydo bo‘la boshladi. Meyvezer—Pakyao jangi kamariga WBC xo‘jayini platina va zumradni ham qo‘shmoqchi bo‘ldi.

    “Bunday o‘zgacha janglar uchun zumrad yoki platina juda mos keladi. Hammasi yaqin haftalarda hal bo‘ladi, biz bunday ajoyib voqeani e’tiborsiz qoldirolmaymiz”, – degandi Sulaymon.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Floyd Meyvzer Konor Makgregor bilan jang qilganida Sulaymon WBC Money Belt’ni o‘ylab topdi, bu esa tashkilotga 1 million dollarga tushdi. Hatto o‘sha paytda (2015-yilda) jamoatchilik buyuk funksioner o‘g‘lining qobiliyatiga shubha bilan qaragandi, ammo ma’lum bo‘lishicha, bu shunchaki “chigalyozdi mashqlari” ekan. Sulaymonning so‘nggi ixtirosi esa korrupsiyaning so‘ngi nuqtasi va boksga aloqador bo‘lgan har bir kishini to‘g‘ridan to‘g‘ri masxara qilish edi.

    WBC Franchise – uni birinchi bo‘lib Oskar de la Hoya kompaniyasining asosiy yulduzi Saul Alvares (endilikda sobiq, bokschi Golden Boy bilan bitimni bekor qildi) qo‘lga kiritdi.

    “Kanelo – barcha chegaralarni kesib o‘tgan bokschi, u tarixdagi eng zo‘rlardan biri, shuning uchun u saylov huquqi bilan WBC chempioni bo‘ladi”, – degandi Maurisio.

    Xo‘sh, saylov huquqi o‘zi nima? Qisqa qilib aytganda, WBC reglamentiga ko‘ra, bu yuqori natijalarga erishgan va uni saqlab kelayotgan WBC yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioniga kengash tayinlashi mumkin bo‘lgan maxsus unvon va maqom.

    Bularning barchasi WBC va tashkilot prezidentiga bo‘layotgan tanqidlar fonida sodir bo‘ldi. Tanqidchilar qatorida Kaneloning shaxsan o‘zi ham bor edi. Bunga javoban, Sulaymon Alvares uchun maxsus 70,3 kilogrammlik vazn toifasini “ixtiro” qildi. Ushbu vazn toifasida esa Kanelo bir qancha raqiblar, jumladan, Migel Kotto va Amir Xonni mag‘lubiyatga uchratdi.

    Shundan so‘ng Vasiliy Lomachenkoga yangi unvon berildi, yengil vazn toifasida amaldagi WBC chempioni maqomi esa Devin Heyniga o‘tdi. Shu tariqa Lomachenko va Teofimo Lopes o‘rtasidagi jang mutlaq Jahon chempioni unvoni uchun kurash sifatida taqdim etildi, aslida esa bunday emasdi. Hatto Amerika nashrlari ham Lopesni mutlaq Jahon chempioni deb atab, uning yutuqlarini Usik, Teylor, Hopkins va Kroufordniki bilan tenglashtirdi. Hozirda WBC chempioni Devin Heyni hozirda nimani boshdan kechirayotganini tushunish mumkin. Hatto g‘alaba qozongan Lopesning o‘zi ham bularga dosh bera olmadi:

    “WBA va WBC eng avvalo boksni qo‘shimcha kamarlardan tozalashi kerak. Ularning bitta vazn toifasida chempionlar juda ko‘p. Umuman olganda, bu bizga bitta vazn toifasida sakkizta, hatto o‘n ikkita chempionni beradi. Bu esa  shunchaki kulgili.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jahon chempioni unvoni hozir avvalgidek qadrlanmaydi. Men kamarlar kolleksiyasini yig‘ishni istamayman, hamma narsani ketma-ket o‘zimniki qilishni ham. Eng kuchli bokschilarni mag‘lub etishni xohlayman. Hozirda juda ko‘p jahon chempionlari bor, ular esa bu rolda bo‘lmasligi kerak, chunki ularda haqiqiy unvoni yo‘q”.

    Lopes mutlaqo haq. Boks tashkilotlarini tugatish kerak. Faqatgina Xalqaro boks federatsiyasi o‘z mavqeyini saqlab qolishga harakat qilmoqda, bu yerda vaqtinchalik Jahon chempioni unvonlari ham yo‘q, ammo korrupsiya mojarolari uni larzaga solgan, buning natijasida u butunlay tugatilishi ham mumkin edi.

    Qisqa qilib aytganda, boksga UFC’dagi kabi birlashgan markaz kerak: bitta kamar va bitta chempion. Professional boks uchun boshqa alternativ variant yo‘q.

    Hakamlar bilan ishlashni yanada kuchaytirish kerak. Sharmandali qaror chiqarganlarning litsenziyasini umrbod bekor qilish kerak

    Boksdagi ikkinchi muammo (birinchisining davomi sifatida) hakamlar masalasidir. Ular sanksiya beruvchi tashkilotlar tomonidan tayinlanadi, albatta, “o‘z ishiga to‘g‘ri” targ‘ibotchilar yordamida. Avval faqat bitta mamlakat ochiqchasiga ichki hakamlik bilan mashhur bo‘lgan – Germaniya. Bundan tashqari, hamma narsa shunchalik ravshan ediki, hech kim uni shubha ostiga olmasdi. Chempionlikka da’vogar bokschilar faqat umumiy ustunlik bo‘lgan taqdirdagina, mahalliy chempionni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etish mumkinligini yaxshi bilar edi. Ammo bu holatda ham o‘z bokschisiga g‘alaba beradiganlar topilardi.

    Yaqin vaqtgacha Amerikada bunday narsani tasavvur qilishning iloji yo‘q edi. Menni Pakyao va Xuan Manuel Markes o‘rtasidagi 2011-yilning noyabridagi jangda filippinlik jangchi juda bahsli g‘alabaga erishgani ogohlantirish qo‘ng‘irog‘i bo‘lib xizmat qilgandi. Qo‘ng‘iroq Menning Timoti Bredliga qarshi navbatdagi jangida ham chalindi. Bu safar endi uning foydasiga emasdi.

    O‘sha paytda promouter Bob Arum o‘zining asosiy yulduzini tashlab ketayotgani aniq bo‘lgandi. Menni esa buni faqat 2017- yilga kelibgina tushunadi. Oskar de la Hoyaning yangi bosh yulduzi Saul Alvaresning “yovvoyi natijalari” ajralib turardi. Dastlab ayol hakamlardan biri Si Jey Ross qandaydir tarzda Kaneloning Floyd Meyvezerga qarshi jangida durang natija ko‘rdi, ammo aslida Floyd raqibini katta ustunlik bilan mag‘lub etgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ikkinchi voqea – Gennadiy Golovkinga qarshi birinchi jang, yana ayol hakam Adelaida Berd meksikalikning foydasiga 118-110 qo‘ydi va bu hatto Kaneloning muxlislarini ham hayratga soldi. Ikkala holatda ham hakamlar Butunjahon boks kengashi tomonidan tayinlangan va shou Oskar de la Hoya tomonidan olib borilgandi. Buning tasodif ekanligiga esa ishonish qiyin.

    So‘nggi, dahshatli voqea – Vasiliy Lomachenko va Teofimo Lopes o‘rtasidagi yuqorida aytib o‘tilgan jang. Va yana ayol hakam Juli Liderman (taniqli hakam Harold Lidermanning (marhum) qizi). Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, jang 119-109 natijasi bilan tugagan, ya’ni Lopes 12 raunddan 11 tasida g‘alaba qozongan, bu esa shunchaki sharmandali holat.

    Yagona nazorat organi zarur. Faqat uning yordami bilan katta janglarni tashkil qilish mumkin

    Yana bir jihat: hakamning ringdagi ishiga e’tibor. Ko‘pincha u jang tizginini yo‘qotadi yoki taqiqlangan zarbalarni ko‘rmay qoladi. Bahsli epizodlarning videotakrorlari esa yagona najotdir va bu futbol, basketbol, xokkey yoki tennisga qaraganda ancha muhimroq vazifani o‘taydi. Agar yuqorida nomlari zikr etilgan sport turlarida vaziyati to‘g‘rilash mumkin bo‘lsa, boksda esa buning imkoni yo‘q.

    Yagona markazni yaratishda, sport prinsiplari ham juda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu yerda eng yaxshi bokschilar kurashadi, jang esa 5-6 yillab kutilmaydi. Pakyaoning Meyvezer bilan jangi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

    Avvallari jurnalistlar bilan 15 daqiqalik bir-ikkita intervyu ulkan janglarni tashkil qilish uchun yetarli bo‘lardi. Megajanglar qo‘shimcha reklama qilinishga muhtoj emas.

    Misol uchun, tomoshabin televizorni yoqishi uchun Tayson Fyuri va Entoni Joshua ko‘p gapirishi shart emas. Bular qatoriga Saul Alvares, Jermall Charlo, Vasiliy Lomachenko va Jervonta Devis, Errol Spens va Terens Krouford, Dmitriy Bivol va Artur Beterbayev, Menni Pakyao va Mayki Garsiyani ham qo‘shish mumkin. Ularning aksariyati turli xil promouterlar, televizion shartnomalar va menejerlarga ega.

    UFC yoki Bellator kabi boshqariladigan korpusni yaratish buni osonlashtiradi. Bajarilishi kerak bo‘lgan yagona narsa – jangchilarni televizorga ulaydigan funksionerni topish, shunda hamma foyda oladi, muxlislar esa katta janglarga ega bo‘ladi. Tabiiyki, bu holatda tashkilot o‘ziga foyda keltiradigan muxlislar oqimini oladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Asosiysi, boks tashkilotlari yoki AIBA kabi avtoritar boshqaruvga yo‘l qo‘ymaslik. Hozir u yerda sodir bo‘layotgan voqealar, harakatga boshlashga majbur qilishi kerak. Tashkilotning sobiq rahbari Vu Chin Kou 11 yil davomida (2006–2017-yilgacha) Maurisio Sulaymon hozirda faol foydalanayotgan tamoyillarga binoan qaror ish ko‘rdi.

    Ishga kirishishi bilan qiziqarli narsalar ro‘y bera boshladi: Chin Kou tushunarsiz reklama shartnomalarini tuzar, bu mablag‘larning bir qismi esa shunchaki yo‘q bo‘lib ketardi, ko‘p o‘tmay u London Olimpiadasi o‘yinlar boshlanishidan oldin ikkita oltin medalni Ozarbayjonga 9 million dollarga sotganlikda ayblandi.

    London Olimpiadasida Ozarbayjon bokschilari haqiqatan ham ikkita medalni qo‘lga kiritishdi, biroq bronza. Chin Kou davrida hakamlar bilan bog‘liq mojarolar odatiy holga aylanib qoldi. U havaskor bokschilarning dubulg‘asini olib tashladi, professional boks tamoyillariga binoan hakamlikni joriy qildi va professionallarga ham Olimpiadada qatnashishga ruxsat berdi.

    Ahvol shu darajaga yettiki, havaskor boksni hatto Olimpiada o‘yinlari dasturidan chiqarib tashlamoqchi bo‘lishdi. Faqatgina boks afsonalarining sa’y-harakati bilan u saqlab qolindi. Ushbu hikoyaga paradoks bag‘ishlaydigan jihat Chin Kouning Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining rahbari bo‘lishiga bir baxya qolganidir. 2013-yilda u Tomas Baxning asosiy raqobatchilaridan biri edi.

    Hozir AIBA bo‘laklarga parchalanib ketgan: translyatsiya reytinglari deyarli nolga yaqinlashgan, boks bo‘yicha Olimpiya chempioni maqomi esa 90-yillar bilan taqqoslanganda katta obro‘ga ega emas. Boisi o‘sha davrlarda Olimpiada chempioni bo‘lish, professionallar orasida Jahon chempioni bo‘lishdan yaxshiroq edi.

    Bugungi kunda Olimpiada chempioni unvoni, yuqorida aytilganidek, bu promouterlik kompaniyalari bilan shartnoma tuzishda qo‘shimcha (yaxshiroq) shart-sharoitlarni qo‘lga kiritish uchun vosita bo‘lib qolgan, xolos.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    16.11.2020, 15:00   Izoh (0)   13437
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kelajak elitasi: Chempionlar Ligasida to‘p suradigan eng qimmat yosh futbolchilar

    16.11.2020, 14:03

    Fakt: Manchini qo‘l ostidagi Italiya terma jamoasi 2 yildan beri yutqazmayapti

    16.11.2020, 13:00

    “Barselona” sobiq futbolchisi Xavyer Maskerano faoliyatini yakunladi

    16.11.2020, 12:00

    Fransiya yarim finalda, Portugaliya va Angliya kurashdan chiqdi. Millatlar Ligasi so‘nggi turi oldidan guruhlardagi vaziyat

    16.11.2020, 11:02

    “Real” sobiq hujumchisi Messining Maradonadan kuchliroq ekanligini aytdi

    16.11.2020, 10:13

    Millatlar Ligasi. Angliya safarda Belgiyaga imkoniyatni boy berdi, Italiya esa Polshadan ustun keldi

    16.11.2020, 03:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Sistit — bu uyat emas!


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.