• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Kelajak elitasi: Chempionlar Ligasida to‘p suradigan eng qimmat yosh futbolchilar

    Chempionlar Ligasi 2020/21-yilgi mavsumi guruh bosqichi o‘z ekvatoriga yaqinlashib bo‘ldi. Shunday ekan, allaqachon oraliq natijalarni sarhisob qilish, jamoalar va ularning ijrochilarini baholash mumkin. Demak, quyida Yevropaning eng nufuzli musobaqasida o‘z klublariga yordam berayotgan eng yosh (21 yoshgacha) va qimmat (Transfermarkt’ga ko‘ra) futbolchilar haqida hikoya qilamiz. Ularning aksariyati esa allaqachon o‘z jamoasining ajralmas bir bo‘lagiga aylangan.

    Darvozabon

    Kyel Sherpen, “Ayaks” (20 yosh, 2,2 million yevro)

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Sherpen – “Emen” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yosh darvozabon 2019-yilning iyul oyida “Ayaks” safiga kelib qo‘shilgan. Hozirda Kyel Amsterdam klubidagi ikkinchi darvozaboni maqomi uchun jiddiy kurash olib bormoqda. Andre Onana jamoani tark etgach u “Ayaks”ning asosiy darvozaboniga aylanishi kutilmoqda. Uning Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritilgani ham bunga misol bo‘la oladi. Shunday ekan, Kyel ertami, kechmi baribir Chempionlar Ligasida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Himoyachilar

    Nyanzu Kuassi, “Bavariya” (18 yosh, 11 million yevro)

    Foto: “Bavariya” FK

    Foto: “Bavariya” FK

    Kuassi “Ayaks”dagi hamkasbi singari, hozircha o‘z imkoniyatini kutmoqda. Fransuz hali “Bavariya” safida Chempionlar Ligasida o‘yin o‘tkazmadi, biroq bu turnir unga aslo begona emas. O‘tgan mavsumda futbolchi PSJ safida Chempionlar Ligasi bahslarida bir necha o‘yinlarda qatnashgandi. Axir bejizga uning transfer narxi 11 million yevro emas-ku. “Bavariya” himoyachilari bilan doimiy ravishda g‘ayrioddiy nimadir sodir bo‘layotganini hisobga olib, Kuassining tez orada o‘z imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkinligiga hech qanday shubha yo‘q. Bundan tashqari, u endigina 18 yoshda bo‘lishiga  qaramay, PSJning asosiy jamoasida naq 905 daqiqa o‘ynagan.

    Erik Garsiya, “Manchester Siti” (19 yosh, 20 million yevro)

    Foto: Livesport

    Foto: Livesport

    Garsiya yozgi transferlar oynasining bosh qahramonlaridan biri bo‘ldi. O‘zi tarbiyalangan “Barselona” haqiqatan ham yosh himoyachini o‘z safiga qaytarishni xohladi. Biroq yakunda klublar kelisha olmadi, shunga qaramay, ispaniyalik futbolchining yanvar oyida vataniga qaytish ehtimoli yuqoriligi aytilmoqda. Garsiya Chempionlar Ligasining amaldagi mavsumida bitta o‘yinda ishtirok etdi (“Portu”ga qarshi o‘yinda). To‘g‘ri, Gvardiola uni Yevropaning eng nufuzli musobaqasida ko‘p ham o‘ynatayotgani yo‘q, biroq bu uning (hozircha) salohiyatiga zarracha ham shubha uyg‘otmayapti. Ko‘pchilik mutaxassislar buni futbolchining amaldagi shartnomasini uzaytirishni xohlamayotgani bilan bog‘lamoqda. Ehtimol, u “Barselona”da ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lar.

    Ris Jeyms, “Chelsi” (20 yosh, 30 million yevro)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jeyms Chemionlar Ligasida ikkita o‘yin o‘tkazdi va bir marta golli uzatmani amalga oshirdi. O‘tgan mavsumdan boshlab Frenk Lempard bu yigitni muntazam ravishda Yevrokuboklar o‘yinlariga jalb etib keladi. Jeyms bor-yo‘g‘i o‘tgan mavsumda asosiy jamoaga qo‘shilgan bo‘lishiga qaramay, Premyer Ligada “ko‘klar”ning asosiy himoyachilaridan biri hisoblanadi. “Chelsi” o‘z tarbiyalanuvchisidan katta umidlar kutayotgani sezilib turibdi.

    Alfonso Devis, “Bavariya” (19 yosh, 80 million yevro)

    Foto: FootBoom

    Foto: FootBoom

    “Bavariya”ning chap qanot himoyachisi o‘tgan mavsumning tom ma’nodagi yulduziga aylandi. U “qizil mashina” tarkibida treblga erishdi va barcha turnirlar, shu jumladan, Chempionlar Ligasida ham juda foydali harakat qildi (8 ta o‘yin 4 ta golli pas). “Bavariya” esa yangi va yosh yulduziga “sovchilar” chiqmasidan u bilan shartnomani qayta ko‘rib chiqishga shoshildi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini bir yilning ichida 10 million yevrodan 80 million yevroga ko‘tardi.

    Yarim himoyachilar

    Eduardo Kamavinga, Renn (18; 50 million evro)

    Foto: AP

    Foto: AP

    O‘tgan mavsumda Kamavinga “Renn”ni Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga olib chiqqan futbolchilardan biri bo‘ldi. Hozircha yarim himoyachi faqatgina bitta o‘yinda maydonga tushdi. U jarohati tufayli jamoasining Chempionlar Ligasidagi qolgan o‘yinlarida ishtirok eta olmadi. Xuddi shu sababga ko‘ra, u ichki chempionat bahslarini ham o‘tkazib yubormoqda. “Renn” hozircha o‘z tarbiyalanuvchisiga katta umid bildirmoqda. Garchi, “qirollik klubi”ning moliyaviy ahvoli yaxshilanishi bilanoq, yosh fransuz Ispaniyaga yo‘l olishi aniq bo‘lsa-da, “Renn” “Real”ning takliflarini rad etib kelmoqda.

    Fil Foden, “Manchester Siti” (20 yosh, 60 million yevro)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Xosep Gvardiola Foden kelajakda “Manchester Siti”ning yulduziga aylanishiga ishonmoqda. Mutaxassis yosh ingliz yigitiga shu darajada ishonadiki, uni ushbu mavsumda deyarli har bir uchrashuvda maydonga tushirmoqda. Fil “shaharliklar”ning Chempionlar Ligasidagi barcha o‘yinlarida qatnashdi. Gvardiola uni turli pozitsiyalar: markaziy, hujumkor va o‘ng qanot yarim himoyachisi bilan bir qatorda vinger va markaziy hujumchi sifatida ham sinab ko‘rmoqda. Aynan ushbu o‘zgaruvchanlik Fodenni hozirgi paytda eng qimmat yosh futbolchilardan biriga aylantirgan.

    Ansu Fati, “Barselona” (18 yosh, 80 million yevro)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Fati hozirda “Barselona”ning eng qimmat aktivlaridan biridir. U 17 yoshidayoq shunday natijaga erishishga muvaffaq bo‘ldi. Kataloniyaliklarning kadrlar bilan bog‘liq muammolari yosh vingerga o‘zini ko‘rsatishga imkon berdi. Ispaniyalik futbolchi muvaffaqiyatsizlikka uchramadi, shu bois u allaqachon asosiy tarkibda barqaror o‘ynab kelmoqda. Fati Chempionlar Ligasida juda foydali harakat qilmoqda.

    Futbolchi “ko‘k-anorranglilar”ning Chempionlar Ligasidagi barcha (3 ta) uchrashuvlarida golli uzatmani amalga oshirdi. “Ferensvarosh”ga qarshi o‘yinda esa gol ham urdi. Ammo jarohati sabab Fati endi jamoasi pley-off bosqichiga chiqsagina Chempionlar Ligasida o‘ynashi mumkin.

    Jeydon Sancho, “Borussiya D” (20 yosh, 117 million yevro)

    Foto: The Sun

    Foto: The Sun

    Sancho o‘z yosh toifasining eng yorqin yulduzlaridan biri hisoblanadi. “Borussiya” vingeri uzoq vaqtdan beri “Manchester Yunayted”ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib kelmoqda. Biroq “arilar” futbolchini osonlikcha qo‘yib yuborishni xohlamayapti. Sancho Chempionlar Ligasida 2 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta o‘yinda gol urdi. Hozircha qanot hujumchisi unchalik samarali harakat qilmayapti, ammo hech kim futbolchining mahorati va iste’dodiga shubha qilmaydi. “Manchester” esa hamon uni “Old Trafford”ga olib kelishni maqsad qilmoqda. Biroq “Borussiya”  futbolchini 100 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

    Hujumchilar

    Joau Feliks, “Atletiko” (20 yosh, 80 million yevro)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    2019/20-yilgi mavsum davomida Feliksni tanqid qilmagan odam qolmadi. Yosh hujumchi haqiqatan ham “Atletiko” safidagi birinchi mavsumida esda qolarli biror bir harakatni amalga oshirmadi. Ammo 2020/21-yilgi mavsumda portugaliyalik futbolchi ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Hujumchi “Zalsburg”ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi. La Ligada ham uning ishlari yaxshi ketmoqda. Bundan tashqari, portugaliyalik vaqti-vaqti bilan golli paslar ham berib turibdi. Hujumchi nihoyat yangi jamoasida o‘z o‘rnini topayotgan ko‘rinadi.

    Erling Holand, “Borussiya D” (20 yosh, 80 million yevro)

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Holand bir necha yildan beri xuddi gol mashinasi kabi harakat qiladi. Uning bu xususiyati kuchaysa, kuchaymoqdaki, aslo susaygani yo‘q. Hujumchi Chempionlar Ligasidagi “Borussiya”ning uch o‘yinida ham gol urdi. “Bryugge”ga qarshi o‘yinda esa norvegiyalik dubl qayd etdi. Holand Sancho bilan birga “Borussiya” eng qimmat o‘yinchilaridan hisoblanadi. Qayd etish joizki, Holand ertami, kechmi baribir klubini o‘zgartiradi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Real” qishda  uni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Shuningdek, futbolchining o‘zi ham Madridda o‘ynashni orzu qilishi aytilmoqda.

    Mavzuga doir: Futbolchilik qoni, het-triklar, Zlatan, Ronaldu va Chempionlar Ligasi. Ulkan vunderkind Erling Holand haqida

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    16.11.2020, 14:03   Izoh (0)   29193
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fakt: Manchini qo‘l ostidagi Italiya terma jamoasi 2 yildan beri yutqazmayapti

    16.11.2020, 13:00

    “Barselona” sobiq futbolchisi Xavyer Maskerano faoliyatini yakunladi

    16.11.2020, 12:00

    Fransiya yarim finalda, Portugaliya va Angliya kurashdan chiqdi. Millatlar Ligasi so‘nggi turi oldidan guruhlardagi vaziyat

    16.11.2020, 11:02

    “Real” sobiq hujumchisi Messining Maradonadan kuchliroq ekanligini aytdi

    16.11.2020, 10:13

    Millatlar Ligasi. Angliya safarda Belgiyaga imkoniyatni boy berdi, Italiya esa Polshadan ustun keldi

    16.11.2020, 03:01

    Millatlar Ligasi. Niderlandiya 4 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi, Rossiya bir o‘yinchi kam qolib Turkiyaga yengildi

    16.11.2020, 00:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.