Italiya terma jamoasi Millatlar Ligasi 5-turi doirasida kechgan bahsda Polshani mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).
Roberto Manchini qo‘l ostidagi jamoa ketma-ket 21 o‘yindan buyon yutqazmayapti — 16 g‘alaba, 5 durang. Bu muddat ichida Yevro—2020 saralash bahslaridagi o‘nta o‘yinda o‘n g‘alaba qo‘lga kiritilgandi.
So‘nggi bor Italiya Manchini boshqaruvi ostida 2018-yilning 10-sentabrida Portugaliyaga (0:1) yutqazgandi.
Eslatib o‘tamiz mutaxassisning o‘zi koronavirusga chalingani bois bu o‘yinni o‘tkazib yubordi.
Apenninliklar Millatlar Ligasining A1 guruhida 9 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi o‘rinlarda Niderlandiya (8) va Polsha (7) bormoqda.
Italiya so‘nggi turda guruh autsayderi Bosniya va Gersegovinaga (2) qarshi bahs olib boradi. Bu o‘yindagi g‘alaba Manchini jamoasiga yarim final eshiklarini ochadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)