• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Turklar va vengrlarning Bolqon hukmronligi uchun kurashi. Varna jangi tarixi

    Anqara jangidan keyin tarqoq holga kelib qolgan Usmonli saltanati Mehmed Chalabiy va Murod Xudovandigor zamonlarida yana o‘zini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Ayniqsa, uning hukmronligi Serbiya doxil bir qator Bolqon davlatlarida ham o‘rnatildi. Vengriya ham bu davrda Bolqonga da’vogar asosiy davlatlardan biri edi. Usmonli va Vengriya boshliq nasroniy davlatlari o‘rtasida 1444-yil 10-noyabr kuni bugungi Bolgariyaning Varna shahri yaqinida hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi. Mazkur jang amalda Bolqonda kimning hukmronligi o‘rnatilishi masalasiga nuqta qo‘yib berdi. “Daryo” bugungi maqolada mazkur muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jang haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Tarixiy sharoit

    Usmonlining tanazzul davridan buyon Murod II hukmronligi (1421–1444-yy; 1446–1451-yy) davrigacha Onado‘li va Bolqonda tinimsiz qarshilik harakatlari davom etmoqda edi. Usmonlini Bolqondan uzoqlashtirish va u yerlarni o‘z hukmi ostiga olishni istagan Vengriya  Usmonlidagi ichki ziddiyatlarni fursat bilib, Varnani egallashni maqsad qildi. 1443-yildan boshlab Rim Papasi rahnamoligida butun xristian dunyosidan yig‘ilgan salibchilar qo‘shini Varnani egallashga tayyorgarlik ko‘ra boshladi.

    Usmonlida esa bu paytda sulton Murod II o‘g‘li Alouddinning vafotidan so‘ng, g‘amga botib, davlat ishlaridan uzoqda bo‘lishni istab, taxtni ikkinchi o‘g‘li Fotih Sulton MehmetIiga bo‘shatib bergan edi. Ammo bu paytda yoshi 12 da bo‘lgan Mehmetni barcha birdek sulton sifatida ko‘rmas edi. Uning ashaddiy raqibi Jondorli Halil Posho edi. 1443-yilda taxtda hamon Murod II o‘tirgan paytda salibchilar va Usmonli o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi va bu jangda Usmonli bir qator mag‘lubiyatlarga uchradi.

    Bu salibchilarga Usmonlini Bolqondan siqib chiqarish imkoni paydo bo‘lganidan darak berar edi. Shunday sharoitda Onado‘lidagi Karaman o‘g‘ullari Usmonliga qarshi isyon ko‘tardi. Sulton Murod esa salibchilar bilan sulh shartnomasi imzolash yo‘llarini qidirdi va ikki o‘rtada Segedinda sulh imzolandi. Sulhga ko‘ra ikki tomon o‘n yillik tinchlikka erishishi kerak edi.

    Ham Karaman o‘g‘ullari ham salibchilar bilan sulhga erishganiga ishongan Sulton Murod II 1444-yilning avgust oyida taxtni o‘g‘li Mehmet II ga topshirdi. Yangi sultonning yoshligidan va tajribasizligidan foydalangan salibchilar Usmonliga qarshi buyuk ittifoq tuzib, Varnaga yurishga qaror qildi.

    Tomonlarning kuchlari

    Salibchilar qo‘shini to‘rt hukmdor-qo‘mondon boshchiligida Varnaga yetib keldi. Ular Vengriya, Polsha va Xorvatiya qiroli Vladislav III, vengriyalik qo‘mondon Yanosh Hunyadi, kardinal Julian Chezarini, Valaxiya knyazi Vlad Drakulalar edi. Salibchilar qo‘shinining umumiy soni turli manbalarda turlicha keladi. Ular orasida 16 mingdan 24 minggacha degan raqamlar eng ko‘p ishlatiladiganidir.

    Usmonli qo‘shiniga esa Jondorli Halil Poshoning iltimosiga binoan taxtdan ketgan sobiq sulton Murod II qo‘mondonlik qiladi. Bu esa Usmonli qo‘shinining ruhiyatini ko‘tarishga xizmat qiladi. Usmonli qo‘shinining soni borasida ham turli raqamlar keltiriladi. Eng keng tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra ularning umumiy soni 40–60 ming atrofida bo‘lgan edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Jangning borishi

    Shunday qilib, 1444-yilning 10-noyabr tongida ikki qo‘shin Varna yaqinida bir-biriga ro‘baro‘ bo‘ldi. Ikki qo‘shin ham hujumga o‘tmasdan bir-birini nazorat qilish bilan bir necha soat kutib qoldi. Ilk hujumni Usmonlining olti ming otliq sipohilar qo‘shini vengerlarning o‘ng qanotiga o‘q yog‘dirish bilan boshladi. Otliqlar tekislikka tushishi bilan de Franko Tallochi hujum qilishni buyurdi. Bu hujumda vengerlarning qo‘li baland keldi.

    Ushbu hujum ortidan Rumeli birliklari orasida bo‘lgan Shahobiddin Poshoning otliqlari Hunyadining hujumiga qarshi chiqdi. Dovud Bey o‘zini orqaga chekinayotgandek qilib ko‘rsatib, ortidan uning ustiga kelgan Nagivarad yepiskopining polkini yo‘q qildi. Ammo Onado‘li bo‘linmasi jiddiy talafot ko‘rdi va Qoracha Bey jang paytida halok bo‘ldi.

    Rumeli birliklarida ham parokandalik boshlandi. Shundan keyin, Murod II o‘z kuchlarini safarbar qildi. Ular kuchli qarshilik qila olmadi va parokandalikka qarab ketdi. Podshohning yonida esa oz miqdorda yanichari birliklari qoldi. Bunday vaziyat qarshisida Sulton Murod chekinishga majbur bo‘layozgan edi. Ammo qo‘mondonlaridan Doyi Qoracha Beyning da’vati bilan jang maydonida qoldi. Bu esa jangning borishini o‘zgartirdi. Podshoh yanicharlar himoyasiga olindi.

    Sulton Murodning kam sonli odam bilan qolganini ko‘rgan Venger qiroli Vladislav yonidagi 500 otli birligi bilan uning ustiga yurdi. Yanicharlardan o‘tishning esa imkoni bo‘lmadi. O‘sha yerdagi xandaqni ko‘rmay qolgan qirol unga oti bilan tushib ketdi va atrofidagi yanicharlar tomonidan o‘ldirildi. Yonidagi birlik ham qilichdan o‘tkazildi. Bu vaziyatdan salibchilar qo‘shini parokandalikka yuz tutdi.

    Salibchilar qo‘shinning orqasida aravalardan iborat barrikadalar qurgan edi. Qochgan salibchilar ushbu aravalar ortiga berkinib, to‘plardan o‘q uza boshladi. Ammo bu qo‘shinning chekinishi uchun vaqtdan yutishdan boshqa narsaga xizmat qilmadi. Qirolning o‘lganini ko‘rgan Hunyadi Valaxiyaga qarab chekinishga majbur bo‘ldi. Panika holida qochish paytida kardinal Chezarini ham halok bo‘ldi. Maydonda qolgan vengerlarning soni 7–8 mingni tashkil etardi. Usmonli tomonidan ham shuncha yo‘qotish bo‘lgani aytildi.

    Bir qator Usmonli beylari ham jang maydonida shahid bo‘lgan edi. Jangdagi g‘alaba haqida qo‘shni musulmon diyorlariga zafarnomalar jo‘natildi. Shunday qilib, jang Usmonli qo‘shining g‘alabasi bilan yakunlandi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Jang oqibatlari

    Jangning siyosiy oqibatlari diqqatga sazovordir. Birinchidan, mazkur jangdagi g‘alaba Sulton Murodga ichki siyosatda qaytadan kuch qozonishiga imkon berdi. Ikkinchidan, ushbu jangdan keyin Usmonlining Yevropadan chiqarib yuborilishi imkonsiz ekani oydinlashdi. Uchinchidan, Bolqonda turklarning hukmronligi mustahkamlandi. To‘rtinchidan, Bolgariya va Mora Usmonli tarkibiga kirdi.

    Shuningdek, qirol Vladislavning o‘limidan so‘ng Polsha taxti uch yil davomida bo‘sh turdi. Vengriyada esa yosh Ladislav Postum taxtga o‘tirdi. Unga regent sifatida esa Hunyadi tayinlandi. O‘z nomini oqlash va Varnadagi mag‘lubiyat uchun o‘ch olishni istagan Hunyadi 1448-yili Kosovada Usmonliga qarshi navbatdagi salib yurishi qilishga urinib ko‘rdi va qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Shundan so‘ng boshqa salib yurishlari amalga oshirilmadi. Bolqonda nazoratni to‘liq qo‘lga olgan Usmonli 1453-yilda Konstantinopolni fath etishga erishdi.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    10.11.2020, 11:34   Izoh (0)   43766
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bortida Rossiyaning tinchlikparvar kuchlari bo‘lgan ilk samolyotlar Tog‘li Qorabog‘ga yo‘l oldi

    10.11.2020, 11:10

    Muxolifat Armanistonning Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvdagi ishtirokini bekor qilmoqchi

    10.11.2020, 10:59

    Nikol Pashinyan namoyishlardan keyin Armanistonda ekanligini ma’lum qildi

    10.11.2020, 10:42

    Yerevanda namoyishchilar Armaniston parlamenti spikerini do‘pposladi

    10.11.2020, 10:26

    Qorabog‘dagi urush, aftidan, tugadi. Pashinyan radikal yo‘qotishlarga rozi bo‘ldi, mintaqaga Rossiya tinchlikparvarlari kiritiladi, Yerevanda norozilik namoyishlar...

    10.11.2020, 09:50

    Ilhom Aliyev Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da armanlarga shahar boshqaruvi yoki madaniy avtonomiya berishga tayyorligini ma’lum qildi

    10.11.2020, 07:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jigarni asrashga yordam beruvchi 7 ta oson tayyorlanadigan ichimlik

    Retseptlar | 22 iyul, 10:51

    O‘zbekiston JSTga qo‘shilish bo‘yicha Shveysariya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 10:40

    Germaniyada avtomobil YTH oqibatida omborxona tomiga kirib ketdi (video)

    Dunyo | 22 iyul, 10:25

    Martin Lyuter King o‘ldirilishiga oid hujjatlar maxfiylikdan chiqarildi

    Dunyo | 22 iyul, 10:05

    Levandovski Markus Reshford transferidan xavotirda

    Sport | 22 iyul, 10:01

    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

    Reklama | 22 iyul, 09:00

    40 yoshga yetgunga qadar har bir shaxs o‘zida shakllantirishi kerak bo‘lgan 8 ta odat

    Maslahatlar | 22 iyul, 09:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.