“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski klubning yozgi transfer rejalari fonida o‘z kelajagiga nisbatan xavotir bildirmoqda. Ispaniyaning El Nacional nashriga ko‘ra, kataloniyaliklar yaqin kunlarda “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordni jamoaga qo‘shib olish arafasida turibdi.

Angliyalik futbolchi qanotda ham, markaziy hujum chizig‘ida ham samarali harakat qila oladi. Bu esa uni Levandovski uchun bevosita raqobatchiga aylantiradi. Ayniqsa, avgust oyida 37 yoshga to‘ladigan polyak hujumchisi uchun bu holat ma’lum noqulaylik tug‘dirmoqda. Manbada yozilishicha, bu holat ortidan 2025/26-yilgi mavsum Robert uchun “Barselona” safidagi so‘nggi yili bo‘lishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Levandovski jamoada o‘z o‘rnining tobora zaiflashayotganini sezmoqda. O‘yin amaliyotining kamayishi esa 2026-yilgi Jahon chempionati oldidan futbolchi uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Robert Levandovski va “Barselona” o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026-yil yoziga qadar tuzilgan.
Izoh (0)