Buxoroda o‘g‘rilik sodir etib, jazodan qochib yurgan shaxs bir yarim oyda qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Buxoro shahridagi “Sohibkor” mahallasi fuqarosi, 39 yoshli B.N. o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgan va tergov organlaridan yashirinib yurgan.
Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan o‘g‘riga nisbatan 2020-yilning 22-sentabr kunidan e’tiboran qidiruv e’lon qilingan. IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida fuqaro B.N. bir yarim oydan so‘ng Buxoro tumani hududida qo‘lga olingan.
Qo‘lga olingan ayblanuvchi viloyat IIB Probatsiya va jazoni ijro etish bo‘limiga qarashli 4-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan va unga nisbatan qo‘llanilgan qidiruv bekor qilingan.
Ayni paytda sodir etgan jinoyatining jazosidan qo‘rqib, tergov organlaridan yashirinib yurgan fuqaro B.N.ga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)