• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQShning “G‘azab uchquni”. Grenadani bosib olishga qaratilgan harbiy operatsiya tarixi

    “G‘azab uchquni” operatsiyasi – bu AQSh fuqarolarini himoya qilish va Amerika Shtatlari tashkilotining iltimosiga binoan, mamlakatda barqarorlikni tiklash uchun 1983-yilda Grenadani bosib olish maqsadida rasmiy ravishda boshlangan harbiy operatsiya.  Ushbu amaliyot AQSh harbiy kuchlarining g‘alabasi bilan yakunlandi.  Amaliyotning maqsadi avvalgi qurolli to‘ntarish oqibatlarini bartaraf etish edi va buning natijasida Grenadaning amaldagi hukumati radikallar tomonidan ag‘darilib, uning rahbari Moris Bishop qatl etildi. “Daryo” ushbu voqea tafsilotlari haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Tarixiy vaziyat

    1979-yil 13-martda Grenadadagi davlat to‘ntarishida Erik Gari hukumati ag‘darilib, uning o‘rniga Moris Bishop boshchiligidagi chap “yangi marvaridlar harakati” hokimiyatga keldi. Mamlakatning yangi rahbariyati siyosatda sotsialistik mamlakatlar, birinchi navbatda, Kuba va SSSR bilan faol hamkorlik yo‘liga o‘tdi.

    Grenada armiyasi chet mamlakatlar ko‘magida qayta qurollantirildi va 1983-yilga kelib sharqiy Karib dengizidagi eng qudratli harbiy kuchga aylandi. To‘rt yil davomida Grenada SSSR bilan harbiy ta’minot to‘g‘risida uchta shartnoma imzoladi, ulardan birinchisi 58 million dollarga baholandi. Qurol-yarog‘ mamlakatga boshqa bir qator davlatlar tomonidan yetkazib berildi, xususan, 1983-yil bahorida KXDR bilan tuzilgan shartnomada Grenadaga 12 million dollar miqdorida harbiy materiallar yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan edi.

    Grenadaning yangi tashqi siyosati Qo‘shma Shtatlarda katta tashvish uyg‘otdi. 1982-yil aprelda Reygan sharqiy Karib dengizi davlatlari rahbariyati bilan uchrashuvda Grenada hukumatini “marksizm virusini” boshqa mamlakatlarga yoyishda aybladi.  1983-yilning mart oyida Reygan mamlakatga nisbatan boykot e’lon qildi va amerikalik sayyohlarni orolga tashrif buyurishni to‘xtatishga chaqirdi. Grenadada sodir bo‘layotgan voqealar sharqiy Karib orollari davlatlarini ancha sergaklantirdi.

    1983-yil may oyida Frensis Aleksis, Kit Mitchell va boshqa antikommunistik muhojirlar Barbadosda Grenada demokratik harakatini tashkil qilib, Bishop hukumatini ag‘darishni maqsad qildi. 26-martda Grenada o‘z armiyasini jangovar shay holatga keltirdi va uch ming kishilik politsiya bo‘linmalarini safarbar qildi.

    Biroq Bishop vaziyatning xavfliligini tushundi va mojaroni kuchaytirmaslikka harakat qildi. Iyul oyida u Vashingtonga uchib ketdi va prezidentning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Uilyam Klark bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida u Qo‘shma Shtatlar bilan aloqalarni yaxshilash imkoniyatlari to‘g‘risida aytib o‘tdi va Kuba bilan aloqalarini qayta ko‘rib chiqishga va’da berdi. Grenada bosh vazirining pragmatik pozitsiyasi hukumatning chap qanot a’zolariga yoqmadi.

    1982-yil may oyida Grenada hukumati Buyuk Britaniyaning “Plessi Eyrports” firmasi bilan Poynt Salinas’da 2 700 metrlik uchish-qo‘nish yo‘lagi hamda yangi xalqaro aeroport qurish to‘g‘risida shartnoma imzoladi, u 1984-yil boshlariga qadar qurib bitkazilishi kerak edi.

    1983-yil 17-martda AQSh Mudofaa vazirining o‘rinbosari F. Ikle senatning g‘arbiy yarim shar ishlari bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishida Amerika josus samolyoti tomonidan tasvirga olingan qurilayotgan aerodromning fotosuratlarini namoyish qildi va orolda “Kuba harbiy bazasi”  qurilayotganini e’lon qildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Grenada hukumati yangi aeroport harbiy obyekt emasligi va mamlakatda turizmni rivojlantirishga qaratilgani to‘g‘risida bayonet berdi. Aeroportni loyihalashtirgan Britaniyaning “Plessi Eyrports” kompaniyasi bosh direktori Derrik Kollier matbuot anjumanida aeroport fuqaro aviatsiyasi uchun mo‘ljallanganini, uning harbiy yoki yerosti inshootlari yo‘qligini va uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilayotganini aytdi.

    Shunga qaramay, AQSh hukumati vakillari Grenada, Kuba va Sovet hukumatlari o‘rtasidagi hamkorlikni hisobga olgan holda undan hatto sovet strategik bombardimonchilarini qabul qilishga qodir bo‘lgan havo kuchlari bazasi sifatida foydalanilishini ta’kidladi.  AQSh prezidenti Ronald Reygan ham “Grenadada xalqaro aeroport niqobi ostida strategik Sovet-Kuba harbiy bazasi barpo etilmoqda, bu AQSh xavfsizligiga tahdid solmoqda”, deb bir necha bor ta’kidladi.

    13–14-oktabr davlat to‘ntarishi

    1983-yil o‘rtalariga kelib, Grenada hukumatida bo‘linish paydo bo‘ldi.  Radikal kommunistlar – bosh vazir o‘rinbosari Bernard Kord tarafdorlari va Grenada armiyasi qo‘mondoni general Xadson Ostinlar Moris Bishop rejimidan norozi bo‘lib, AQSh bilan munosabatlarni normallashtirishni rejalashtira boshladi.  13-oktabrda mamlakatda davlat to‘ntarishi amalga oshirildi. Moris Bishop hibsga olindi.

    1983-yil 19-oktabrda qurollangan tarafdorlari Bishopni hibsdan ozod qildi.  Olomon Rupertdagi armiya shtab-kvartirasi tomon yurish qilib, uni qo‘lga kiritdi. Hokimiyat noroziliklarni kuch bilan bostirishga qaror qildi. Natijada, o‘nlab tinch aholi halok bo‘ldi. Rupert hukumat harbiy kuchlari tomonidan egallab olindi. Leytenant Kallistus Bernard boshchiligidagi armiya askarlari Bishopni va uning yetti nafar eng yaqin sheriklarini otib tashladi. General-gubernator Pol Skun uy qamog‘iga olindi.

    Shoshilinch ravishda general Ostin boshchiligida yangi harbiy hukumat – inqilobiy harbiy kengash tuzildi. Kengash to‘rt kunlik komendantlik soati joriy etdi, bir qator shaxslarni hibsga oldi.

    Operatsiyaga tayyorgarlik

    21-oktabr kungi Rupertdagi fojiadan so‘ng, sharqiy Karib dengizi davlatlari tashkilotining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib, unda Grenadada anarxiya va zo‘ravonlikka barham berish yo‘llari muhokama qilindi.

    O‘sha paytda Grenadada (Sent-Jorjes universitetida, shuningdek, Perlz aeroporti hududidagi “True Blue” va “Grand Anse” talabalar shaharchalarida) amerikalik 630 ga yaqin talaba bor edi, ularning xavfsizligiga tahdidlar bo‘lishi ehtimoli AQSh hukumatining harbiy operatsiyasi uchun rasmiy sabab bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Operatsiya davomida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asosiy muammo Grenada armiyasi va kubaliklarning joylashuvi to‘g‘risida zamonaviy ma’lumotlarning deyarli mavjud emasligi edi. Amerikalik askarlarda Grenadaning xaritalari yo‘q edi va natijada sayohatchilar uchun qo‘llanma orqali harakatlanishga majbur bo‘ldi.

    Bosqin arafasida Amerika maxsus kuchlarining bir necha razvedka guruhlari orolga kelib, butun operatsiyani shubha ostiga qo‘yadigan yangi ma’lumotlar haqida xabar berdi.  Xususan, skautlar 75-qo‘riqchilar polki va 82-havo-desant diviziyasining bo‘linmalari qo‘nishi rejalashtirilgan “Poynt Salinas”dagi qurilishi tugallanmagan aeroport qurilish texnikalari bilan to‘sib qo‘yilgani haqida xabar berdi.  Ushbu ma’lumot Amerika qo‘mondonligiga ma’lum bo‘lganda harbiy samolyot allaqachon havoga ko‘tarilgan edi.

    “G‘azab uchquni” rejasi

    Operatsiya Grenadadagi eng muhim harbiy va ma’muriy obyektlarni egallab olish uchun ham dengiz, ham havo-desant hujumchilarining to‘satdan harakat qilishini nazarda tutardi.

    Amaliyot arafasida AQSh razvedka samolyotining faolligi oshdi.  23-oktabrdan 24-oktabrga o‘tar kechasi umumiy soni 50 kishigacha bo‘lgan bir nechta razvedka va sabotaj guruhlari vertolyotlar orqali Grenadaga yaqinlashib kelayotgan qo‘nish joylarini qidirish uchun safarbar qilindi.  Qo‘nish vaqti 1983-yil 25-oktabr soat 05:00 ga belgilandi.

    Operatsiya davomidagi AQSh va Grenada qurolli kuchlari

    Grenadaga bostirib kirishda AQSh harbiy kuchlarining umumiy qo‘mondoni vazifasini 2-OF (Atlantika okeanidagi AQSh dengiz kuchlari) qo‘mondoni vitse-admiral D. Metkaf amalga oshirdi. Grenadaga bostirib kirishda AQSh dengiz kuchlari, AQSh armiyasining artilleriya va muhandislik bo‘linmalari va AQSh havo kuchlarining aviatsiya bo‘linmalari ishtirok etdi.

    Bu paytda Grenada Qurolli Kuchlari mingga yaqin harbiydan tashkil topgan bo‘lib, ular bitta piyoda batalyoni va beshta to‘liq bo‘lmagan piyoda batalyonlari tarkibiga kirar edi. Orolda Grenada qurolli kuchlari tomonida janglarda qatnashadigan 800 ga yaqin kubaliklar ham bor edi. Grenada xalq inqilobiy armiyasida hech qanday og‘ir qurollar (harbiy kemalar, samolyotlar, tanklar, og‘ir artilleriya) yo‘q edi. Qurilayotgan aeroport hududida va “Perlz” aeroporti yonidagi tepalikda bir necha 12,7 mmli pulemyotlar va 23 mmli zenit qurollari o‘rnatildi.

    Keyinchalik, amerikaliklar qo‘lga kiritilgan barcha qurollarning ekspozitsiyasini tashkil qildi: ular orasida bitta BRDM-2, ikkita BTR-60PB, 12 ta ZU-23 zenit quroli, 65 ta minomyot, 68 ta granata, 6 322 yoki 6 330 ta miltiq, 291 ta avtomat va 5,6 mln patron bor edi. Qurollar orasida hattoki 1870-yilga tegishli bir martalik o‘qotar qurollar ham bo‘lgan edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bosqin

    Grenadaga bostirib kirish 1983-yilning 25-oktabrida ertalab soat 6:00 da boshlangan (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, soat 5:40 yoki 5:25 da). Ronald Reygan o‘zining “Ochig‘ini aytganda” kitobida ta’kidlashicha, bosqindan oldin Oq uy SSSR va Kubani operatsiya to‘g‘risida xabardor qilib, keraksiz qon to‘kilishidan saqlanishiga umid qilgan, ammo “Kastro kubaliklarga o‘limga qadar kurashish buyrug‘ini bergan va ko‘pchilik bunga amal qilgan edi”.

    Operatsiya boshlangandan so‘ng Grenada hukumati uchun tashqi dunyo bilan aloqa qilishning yagona yo‘li Kuba elchixonasidagi uzatgich bo‘lib qoldi, chunki operatsiya boshlanishidan sal oldin (yoki u boshlangandan ko‘p o‘tmay) orolda aloqa tizimlari to‘satdan falaj holatga kelib qoldi. Grenadalik radio diktori efirga chiqishga muvaffaq bo‘ldi va bosqinchi haqida e’lon qildi.

    Gavanada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kuba tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari R. Alarnonning ta’kidlashicha, Sent-Jorjesdagi Kuba elchixonasi radioxabariga ko‘ra, 1983-yil 25-oktabr kuni ertalab aeroport hududidagi AQShning oltita harbiy vertolyoti kubaliklarga hujum qildi. Kuba elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, soat 6:55 da aeroport hududini himoya qilayotgan kubaliklar safi dushman artilleriyasi va minomyotlardan o‘q otish natijasida buzib yuborilgan, aeroport yaqinidagi harbiy to‘qnashuvda oltita Kuba fuqarosi halok bo‘lgan, yana ikki kubalik og‘ir yaralangan edi. Jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, R. Alarnon orolda yashovchi kubaliklar o‘zlarini himoya qilish uchun Grenada hukumati tomonidan ilgari ularga berilgan qurollardan qonuniy ravishda foydalanganini ma’lum qildi.

    Bosqin axboriy targ‘ibot bilan birga olib borildi: u boshlangan paytdan boshlab “Spice Island” radiosi Grenada aholisini “tinchlik saqlashga” va Grenada armiyasi askarlarini “qarshilik ko‘rsatmaslikka” da’vat eta boshladi. AQSh harbiy kuchlari orolga kelib tushganidan so‘ng maxsus xodimlar aholiga bosqinni nazariy jihatdan asoslagan “Grenada Ovozi” gazetasini bepul tarqatishni boshladi.

    Zamonaviy razvedkaning yetishmasligi tufayli yuzaga kelgan Grenadaning havo hujumiga qarshi mudofaasini past darajada deya baholash bir nechta vertolyotning yo‘qotilishiga olib keldi. 1983-yil 26-oktabrda kechqurun Qo‘shma Shtatlar Grenadaga qo‘shimcha kuchlar – ikkita batalyonni yuborishga majbur bo‘ldi. AQSh harbiy-dengiz floti tarkibiga kiruvchi A-7 hujum samolyoti xato oqibatida psixiatriya kasalxonasiga zarba berdi, u yerda kamida 12 nafar bemor vafot etdi.

    Boshqa ayrim manbalarga ko‘ra, Amerika harbiy samolyotlari Grenada armiyasining shtab-kvartirasi va askarlarning kazarmalarini bombardimon qilishni boshladi, ammo qo‘mondonlik shtab-kvartiraning bayrog‘ini olib tashladi va uni yaqin atrofdagi psixiatriya klinikasining tomiga osib qo‘ydi, shu sababli bomba kasalxonaga kelib tushdi va bu “qurbonlik” evaziga harbiylarning hayoti saqlab qolindi. Va nihoyat, 27-oktabrga kelib asosiy janglar tugadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yo‘qotishlar

    AQSh. 1983-yil 17-dekabrda e’lon qilingan AQSh hukumatining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiya davomida 19 nafar AQSh harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi va 116 kishi yaralandi. Bir nechta vertolyotlar, shu jumladan, bitta CH-46E, bitta MH-6, ikkita AH-1T “Cobra” va uchta UH-60A o‘qqa tutildi. Uch kun ichida 9 ta Amerika vertolyoti yo‘q qilindi va bir nechtasi shikastlandi, grenadaliklar zenit raketalariga ega bo‘lmagan va ular faqat zenit pulemyotlaridan foydalangan edi.

    Grenada. Harbiy operatsiya davomida Grenadaning 45 fuqarosi halok bo‘ldi va 337 kishi yaralandi. Amaliyotdan so‘ng Grenada qurolli kuchlari qurolsizlantirildi va tarqatib yuborildi. Bosqin natijasida orolning infratuzilmasi va iqtisodiyoti katta moddiy zarar ko‘rdi.

    Kuba. Kubalik qurilish ishchilari, Grenada qo‘shinlari va tinch aholi orasidagi qurbonlar soni bir manbadan boshqasiga farq qiladi. 1983-yil 17-dekabrda e’lon qilingan AQSh hukumatining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiya davomida 24 kubalik halok bo‘ldi, 49 kishi yaralandi, 600 dan ortiq odam asirga olindi.

    Jamoatchilik reaksiyasi

    1983-yil 3-noyabrda Amerikaning CBS telekompaniyasi grenadaliklar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi: mamlakatning Amerika qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi paytida respondentlarning 91 foizi Amerika armiyasining orolga kelishidan mamnun ekanligini bildirdi, ammo oradan ikki oy o‘tgach, bu harbiy aralashuvni qo‘llab-quvvatlagan grenadaliklar soni 84 foizgacha kamaydi. Ovoz berganlarning 12 foizi bunga qarshi edi. Shu bilan birga, grenadaliklarning 59 foizi orolda Amerika harbiy kuchlarini ko‘paytirishni, 9 foizi uni kamaytirishni va 8 foizi to‘liq yo‘q qilishni yoqlab ovoz berdi. Qo‘shma Shtatlarda fuqarolarning aksariyati bosqinni qo‘llab-quvvatladi.

    1983-yil 18-noyabrda o‘n bitta amerikalik kongressmen Vashington okrug sudida AQSh prezidenti R. Reygan, mudofaa vaziri Vaynberger, davlat kotibi Shultz va shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Vessiga qarshi Grenadaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirishda Amerika qonunlarini qo‘pol ravishda buzish ayblovi bilan da’vo qo‘zg‘adi.

    Xalqaro reaksiya

    Bosqin Fransiya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlar tomonidan qoralandi. AQShning Amsterdam, London va Bonndagi elchixonalari oldida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Meksika bu bosqinchilikni Markaziy Amerika va Karib dengizi arxipelagida tinchlikka tahdid manbayi sifatida baholadi va BMT Xavfsizlik Kengashini chet el qo‘shinlarini oroldan olib chiqish choralarini ko‘rishga chaqirdi. Buyuk Britaniya ham bu harbiy operatsiyaga qarshi edi.

    Operatsiya SSSR, Xitoy va boshqa sotsialistik mamlakatlar tomonidan ham qoralandi. Lotin Amerikasidagi bir qator davlatlar, jumladan, Gayana, Kuba, Nikaragua, Trinidad va Tobagolar bosqinni qoraladi va norozilik bildirdi.

    1983-yil 28-oktabrda Qo‘shma Shtatlar Grenadadagi voqealar to‘g‘risida BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi loyihasining qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun veto huquqidan foydalandi (bu qarorga BMT Xavfsizlik Kengashining 12 a’zosidan 11 nafari ovoz berdi – AQShdan tashqari hamma).

    1983-yil 2-noyabrda BMT Bosh Assambleyasi Grenadaga bostirib kirishni xalqaro huquqning qo‘pol ravishda buzilishi va ushbu davlatning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy daxlsizligiga tajovuz sifatida baholagan 38/7-sonli qarorni qabul qildi va ushbu mamlakatga qurolli aralashuvni darhol to‘xtatish va chet el qo‘shinlarini u yerdan olib chiqish talabini qo‘ydi. Rezolyutsiyani 108 mamlakat qo‘llab-quvvatladi, AQSh va yana sakkiz mamlakat qarshi ovoz berdi.

    Bosqinning bugungi hayotda aksi

    Harbiy operatsiya tugaganidan so‘ng Grenadaning yangi hukumati har yili 25-oktabrda bugungi kungacha nishonlanib kelinadigan “Shukrona kuni” bayram kuniga asos soldi. 2009-yilda “Port-Salinas”dagi xalqaro aeroportga Moris Bishop xalqaro aeroporti nomi berildi. 1986-yilda AQShda harbiy operatsiyaga bag‘ishlangan “Singan yuraklarning dovoni” badiiy filmi suratga olindi.

    Dilbar Ismatullayeva tayyorladi.

    25.10.2020, 23:35   Izoh (0)   48707
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ispaniyada koronavirus tufayli yana favqulodda holat va komendantlik soati joriy qilindi

    25.10.2020, 23:24

    Arnold Shvarseneggerning yuragi operatsiya qilindi

    25.10.2020, 22:46

    Ilhom Aliyev Ozarbayjonning asosiy qurol yetkazib beruvchisi kimligini aytdi

    25.10.2020, 19:24

    AQSh elchixonasi Bokuda yuz berishi mumkin bo‘lgan teraktlar haqida ogohlantirdi

    25.10.2020, 15:25

    JSST: COVID-19’ga chalinishlar soni bo‘yicha sutkalik antirekord qayd etildi

    25.10.2020, 11:24

    Falastin Isroil va Sudan o‘rtasidagi kelishuvni “orqadan zarba” deb atadi

    25.10.2020, 09:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.