• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi Lake City, Minvera City va Namangan Square loyihalarini kim quryapti?

    Yaqinda bankrot bo‘lgan Hindistonning Jet Airways kompaniyasi kreditorlari konsorsiumning tiklanish rejasini hal qilish imkoniyatini topdi. Bu aviatashuvchi 1,2 milliard dollar bilan bankrotligini e’lon qilganida qariyb olti oy o‘tib sodir bo‘ldi. Bankrot bo‘lguniga qadar kompaniya Hindiston havo bozorida ikkinchi o‘rinni egallab kelgan.

    Kreditorlarga qarzni undirishga imkon beradigan rejani Dubaydagi magnat Murari Lal Jalan va nemis tadbirkori Florian Frich tomonidan asos solingan Londondagi Kalrock Capital investitsiya fondi taqdim etdi.

    Spot nashri Forbes India tomonidan tadbirkorga oid qisqa ma’lumotlar e’lon qilingan maqolaning muhim jihatlari bilan bo‘lishdi. To‘liq matn bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

    Murari Lal Jalan

    Murari Lal Jalan
    Foto: Forbes India

    Ranchidan Dubay orqali Toshkentga

    Nashr jurnalistlari Murari Lal Jalan haqida ma’lumot qidirish asnosida O‘zbekistondagi bir nechta yirik loyihalar bilan shug‘ullanib kelayotgan MJ Developers saytiga murojaat qilgan. Bundan tashqari, kompaniyaning BAAda bir nechta loyihasi mavjud.

    “Aftidan, biznesining asosiy qismi joylashgan O‘zbekiston va BAAdagi muvaffaqiyatlariga qaramay, Jalan nisbatan mashhur yoki u qadar taniqli emas”, — deb yozadi Forbes India.

    BAAdagi bir nechta tadbirkor nashrga u haqida birinchi marotaba eshitayotganliklarini bildirgan.

    “Bu yerdagi ish doirasi juda kichik va hamma bir-birini taniydi. Biroq u haqda hech eshitmagan ekanman”, — deydi Dubaydagi Martin Consulting aviatsiya konsalting kompaniyasi asoschisi va Eastern SkyJets Dubai loyihasi sobiq direktori Mark Martin.

    Ammo uyida, ya’ni Ranchida (Hindistonning Jarxand shtati poytaxti — tahr.) aksincha, deb yozadi Forbes India. Murari Lal Jalan va uning oilasi xayriya fondi, maktab, kinoteatrlarga egalik qilib, shahardagi eng taniqli insonlardan biri hisoblanadi.

    “Murari Lal Jalan bizning jamiyatdan. Biz uning oilasini yaxshi bilamiz. Ular badavlat kishilar”, — deydi o‘zining anonimligi saqlanishini so‘ragan ranchilik biznesmen.

    Murarining ukasi Narayan Jalan ayni vaqtda Brijford maktabi raisi hisoblanadi, shuningdek, u kam ta’minlanganlar uchun mo‘ljallangan G.P. Jalan memorial maktabini boshqarib kelmoqda.

    Murari Lal qachondir otasining izidan borib, qog‘oz savdosi bilan shug‘ullangan, shundan so‘ng fotoqurilmalar distributerligi va fotolaboratoriyalar ochishga o‘tgan.

    1990-yillar boshida tezda parchalanayotgan Sobiq Ittifoqqa kirishga tavakkal qilgan ko‘plab hindistonlik tadbirkorlar kabi Murari Lal butun Rossiya bo‘ylab fotolaboratoriyalar tarmog‘ini ochish uchun Sankt-Peterburgga yo‘l olgan.

    Taxminan o‘sha vaqtda mamlakatdagi ishonchli hamkor qidirish bilan shug‘ullangan Yaponiyaning Konica konglomerati unga o‘zining barcha turdagi fotomahsulotlarini Rossiya va MDH davlatlariga tarqatishni topshirgan.

    Keyingi yillar davomida Murari Lal Jalan Kalkuttadagi Kanoi Paper and Industries kompaniyasini sotib olib, uning nomini Agio Paper&Industries’ga o‘zgartirgan, Orion Techcity egalik qiladigan 155 akrli maxsus iqtisodiy zonaga ega Orion IT Private limited muassisiga aylangan.

    “Mazkur zonaga 2008-yili poydevor toshini qo‘yish marosimida Hindistonning sobiq prezidenti Pranab Mukerji ham ishtirok etgan”, — deb yozadi Forbes India.

    Birlashgan Arab Amirliklarida Jalan ko‘chmas mulk sohasidagi biznes bilan shug‘ullanib, million kvadrat futdan ortiq yerga turar joy binolarini qurgan va keyinchalik ularni kompaniyalarga ijaraga bergan. Shuningdek, u Jebel-Ali port shahridagi ishchilar uchun ham bino qurgan.

    Murari Lal Jalan

    Murari Lal Jalan
    Foto: Forbes India

    Agio Image guruhi Sony, Konica Minolta va Panasonic’ning fotografik va iste’mol tovarlarni tarqatish hamda sotish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, guruh tarkibidan savdo va qurilish texnikalari bo‘yicha biznes ham o‘rin olgan.

    Gupta oilasi bilan aloqadorligi ehtimoli

    Biroq o‘tgan yili Jalanning jiyani JARdagi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Gupta oilasi a’zosiga turmushga chiqqanidan so‘ng oila mashmashalar epimarkazida qoldi, deb yozadi Forbes India.

    Ajay, Atula va Rajesh ismli aka-ukalardan iborat Gupta oilasi uran, oltin va ko‘mir qazib olish, mehmondo‘stlik, muhandislik ishlari, axborot texnologiyalari va OAV bilan shug‘ullangan mamlakatdagi eng badavlat oilalardan biri edi. Biroq ular 2016-yili korrupsiyada ayblangach mamlakatdan qochib ketishga majbur bo‘lgan.

    “Jalanning akasi va uning oilasining oilaviy munosabatlari Jalanning tijoriy faoliyatiga hech qanday aloqasi yo‘q”, — deydi Jalanga yaqin bo‘lgan insonlardan biri.

    Londondagi Kalrock Capital investitsion fondi Jalan bilan birgalikda Jet Airways’ni qayta oyoqqa turishiga ko‘maklashadi. Shuningdek, ma’lum qilinishicha, ularning biznesiga Gupta oilasidan hech kimning aloqasi yo‘q:

    “Konsorsium faqatgina ikki a’zodan iborati — Jalan va Frich. Barcha investitsiya ulardan keladi. Jalan Gupta oilasining hech bir a’zosi bilan ish yuzasidan bog‘lanmagan”, — deydi Kalrock Capital boshqaruvi a’zosi Manoj Madnani.

    Murari Lal Jalanning vakilining so‘zlariga ko‘ra, uning “Janubiy Afrikadagi Gupta aka-ukalari bilan ish bo‘yicha hech qanday aloqalari yo‘q va uni ular yoki ularga bog‘liq korxonalar bilan aloqadorlikda gumon qilish mutlaqo noto‘g‘ri”.

    O‘zbekistondagi loyihalar

    Hozirda kompaniya to‘rtta loyiha bilan shug‘ullanmoqda.

    Minerva City — jahon talablariga javob beradigan maktab, kollej va universitetga ega Toshkentdagi majmua. 100 gektar hududga 15 mingta xonadon, bolalar bog‘chasi, sayr qilish uchun yashil zonalar, bog‘lar, bolalar maydonchasi, klinika, mehmonxona, yoqilg‘i quyish shoxobchasi, shoping-markazlar, klabxausni joylashtirish imkonini beradi:

    Foto: Spot

    Foto: Spot

    Lake City — Toshkentdagi “Baxt” ko‘li bazasida qurilayotgan majmua. Loyiha doirasida plyajga ega sun’iy ko‘l quriladi. Ko‘lning o‘rtasiga xuddi Las-Vegas va Dubaydagi kabi fontan qurish rejalashtirilmoqda. Ko‘l atrofidan esa kafe va restoranlar o‘rin oladi. Shuningdek, bir nechta sun’iy ko‘llar ham bunyod etiladi:

    Foto: Spot

    Foto: Spot

    Bukhara Hotel — shahardagi birinchi besh yulduzli mehmonxona. 7 ta qavat, 228 ta xona va 2,75 gektar maydon. Bu yerdan basseyn, spa-salon, fitnes zal, bar, restoran, karaoke va banket zali o‘rin oladi:

    Foto: Spot

    Foto: Spot

    Namangan Square — 18 gektar hududdan ofislarga ega biznes-markazlar, retoranlar, do‘konlar, sport klublari va turar joy binolari o‘rin oladi. 325 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda qurilish ishlari amalga oshiriladi, uning ichida 1500 mingdan ortiq kvartira, 32 168 kvadrat metr joyda golf maydonchasi o‘rin oladi. Shuningdek, u yerda Iconic Towers (18 qavatli tijoriy maskanga ega egizak binolar) va Boulevard Plaza — do‘konlar, kafe, restoranlar va tungi bozorga ega bulvar joylashadi:

    Foto: Spot

    Foto: Spot
    23.10.2020, 18:57   Izoh (0)   39408
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov haydovchilarni o‘z mashinalarini veloyo‘lakchalarga qo‘ymaslikka chaqirdi

    23.10.2020, 18:10

    Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov ichki ishlar xodimlari tomonidan sababsiz kaltaklanganini ma’lum qildi. Voqeaga Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva munosabat bildi...

    23.10.2020, 17:36

    O‘zbekistonda dam olish kunlari sovuq havo chekinadi

    23.10.2020, 17:30

    Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi koronavirus sababli 2021-yilga qoldirildi

    23.10.2020, 17:11

    Namanganda IIB xodimlari niqobsiz erkakni mashinadan kuch bilan chiqarib olishga urindi (video)

    23.10.2020, 16:59

    O‘zbekistonda koronavirus bilan qayta kasallanish holatlari qayd etilmoqda — SSV huzuridagi shtab

    23.10.2020, 16:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.