• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov ichki ishlar xodimlari tomonidan sababsiz kaltaklanganini ma’lum qildi. Voqeaga Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva munosabat bildirdi

    Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov ichki ishlar xodimlari uni sababsiz kaltaklaganini ma’lum qilib, o‘zining Telegram kanalida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga murojaat yo‘lladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    23-oktabr kuni e’lon qilingan ushbu murojaat “Vazir Bobojonov, iltimos, iste’fo bering. Negaki sizning xodimlaringiz fuqarolarni haqoratlab, kaltaklashda davom etyapti. Siz tizimni o‘zgartira olmayapsiz”, so‘zlari bilan boshlangan.

    Jurnalistning yozishicha, 23-oktabr kuni tungi vaqtda chorrahadan o‘tayotganida yo‘l harakati xodimi bir mashinani to‘xtatgan. “U yo‘l yoqasida turgan inspektor xizmat mashinasiga yonma-yon, yo‘lning ikkinchi yo‘lagiga to‘xtadi. Inspektor esa yo‘lning uchinchi yo‘lagidan haydovchi eshigi tomon yurib kelayotgandi. Men yo‘ldagi tirbandlik va vaziyatni ko‘rib, arang uchinchi va to‘rtinchi bo‘lak orasiga tushib qoldim. Shunday inspektorning qo‘li mashinamning o‘ng yon oynasiga tegib ketdi. Shu joydan qochmay, inspektor kelishini kutdim, unga yo‘l o‘rtasiga sal e’tibor bilan chiqishini aytganim bilan mojaro boshlandi”, — deydi Alisher Ro‘zioxunov.

    Uning aytishicha, 6 dan ortiq xodim hamma ishini qo‘yib uni o‘rab olgan. “Inspektor hujjatlarimni talab qildi. Berdim. Shu orada qiy-chuv qilib, xodimlar ‘buni rasmiylashtir, odam urdi’ deb aql o‘rgata boshladi. Men sal shokka tushdim”, — deydi u.

    Shu orada jurnalist shahar IIBBda kimni tanisa, qo‘ng‘iroq qilib, anglashilmovchilik bilan ishni jiddiylashtirayotganini tushuntirgan. “Inspektor telefonimni olib bir chetga o‘tib ketdi. Go‘shakni nariyog‘idagi odam vaziyatni uning og‘zidan eshitayotgandi. Shu paytdan niqobda, hech qanday tanish belgisi bo‘lmagan 2 nafar xodimning biri dubinka bilan qornimga soldi. Hech qanday sabab yo‘q. Aynan shu xodim mensimay, haqoratlab gaplasha boshladi. Buni tushunmadim, ammo vaziyat keskinlashib ketmasligi uchun xo‘p, aka deb turgandim. Shu xo‘p so‘zim ham yoqmadi shekilli. Dubinka zarbidan ikki bukilib yerga o‘tirdim. Qolganlar masxara qilishni boshladi. Aktyor ekan, tegma, hozir o‘ziga keladi, deb.

    Inspektor telefonda suhbatni tugatib, qaytib keldi va men jurnalist ekanimni qolganlarga aytdi. 10 daqiqadan so‘ng atrofdagi xodimlari tumtaraqay bo‘ldi. Inspektor va zudlik bilan shu joyga yetib kelgan rahbari meni yupatib kechirim so‘radi. Men qabul qildim. Ammo gap ularda emasdi. Xullas, vazir janoblari, ikkiyuzlamachi, o‘zboshimcha va vakolatini suiiste’mol qilib, odam uradigan, haqoratlaydigan xodimlaringizni isloh qilolmayapsiz. Buni eplaydigan odamga o‘rningizni bo‘shatib bering”, — deydi Alisher Ro‘zioxunov va aybi bo‘lgan taqdirda inspektordan rasmiylashtirishni 5 marta so‘raganini aytgan.

    Toshkent shahar IIBB Alisher Ro‘zioxunov bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan munosabat bildirdi. Unda Toshkent shahar IIBB tomonidan mazkur ma’lumot o‘rganib chiqilib, voqeada ishtirok etgan barcha xodimlarning hamda fuqaro Alisher Ro‘zioxunovning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi aytilgan. IIBB, shuningdek, fuqarolardan, bloger va jurnalistlardan “o‘z mavqeyini ro‘kach qilib, ichki ishlar organlari xodimlarining ishlariga xalaqit bermasliklarini, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi bilan sodir bo‘lgan voqealarni buzib, ommaga namoyish qilmasliklarini” so‘ragan.

    Bunga javoban esa jurnalist mazkur holatda IIB xodimlariga biror marta jurnalist ekanim ro‘kach qilmagani, ish joyini tilga olinmagani va o‘zimni oddiy haydovchi sifatida tutganini bildirgan. Shuningdek, “IIBB men bilan yuz bergan holat bo‘yicha barcha tomon harakatiga huquqiy baho beriladi, deb aytyapti-yu, avvaldan xulosani ham taqdim etyapti. Demak, men sodir bo‘lgan voqeani buzib talqin etganman?”, deb yozgan.

    Ushbu holat bo‘yicha Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham munosabat bildirdi.

    “Kuni kecha jurnalist Alisher Ro‘zioxunov bilan bo‘lib o‘tgan holatdan biz xavotirdamiz. Jurnalist o‘z sahifasida yozgan gaplari rost bo‘lsa, uni haqiqatan ham ichki ishlar xodimlari dubinka bilan kaltaklagan bo‘lsa, biz ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazib, masalaga oydinlik kiritilishini, aybdorlarga nisbatan jazo chorasi qo‘llanilishini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan so‘raymiz. Jurnalist tomonidan qonun buzilgan taqdirda ham unga nisbatan qo‘l ko‘tarilishi mumkin emas. Va qonun barcha uchun barobar bo‘lishi kerak. Ushbu holatni biz diqqat bilan kuzatib boramiz”, — degan Komil Allamjonov.

    “Albatta, qonun barcha uchun barobar bo‘lishi kerak. Xoh u oddiy fuqaro, yoki jurnalist bo‘lsin, lekin xizmat vazifasidagi xodimlar odamlarga qo‘l ko‘tarishiga qarshimiz. Jurnalistlarni biz har qanday holatda ham himoya qilamiz”, — deya munosabat bildirdi Saida Mirziyoyeva.

    23.10.2020, 17:36   Izoh (0)   73495
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dam olish kunlari sovuq havo chekinadi

    23.10.2020, 17:30

    Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi koronavirus sababli 2021-yilga qoldirildi

    23.10.2020, 17:11

    Namanganda IIB xodimlari niqobsiz erkakni mashinadan kuch bilan chiqarib olishga urindi (video)

    23.10.2020, 16:59

    O‘zbekistonda koronavirus bilan qayta kasallanish holatlari qayd etilmoqda — SSV huzuridagi shtab

    23.10.2020, 16:47

    Markaziy bank raisi O‘zbekiston “ko‘p oltin sotib yuborgani” haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

    23.10.2020, 16:12

    Nurafshonda voyaga yetmagan bolani zo‘rlashda ayblanayotgan fuqaro sud binosidan qochib ketdi

    23.10.2020, 15:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.