• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    SSV Zangiotadagi shifoxonada mayyitlarni yaqinlariga berish tartibi haqida ma’lumot berdi

    Sog‘liqni saqlash vazirligi Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida vafot etganlarning qarindoshlari muassasa eshigi oldida uzoq vaqt kutib qolayotgani to‘g‘risida internetda tarqalgan video va xabarlarni izohladi. Respublika patologik anatomiya markazi direktori, SSV bosh patologoanatomi, professor Rajabboy Isroilov vaziyat yuzasidan ma’lumot bergan.

    Foto: “Daryo”/Madina Nurman

    “Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida patologik anatomiya bo‘limi faoliyati 2020-yilning 1-avgustidan boshlab tashkil etilgan. Mazkur shifoxonada vafot etganlarning mayyitini qarindoshlari ushbu bo‘limdan olib ketishi mumkin. Bundan avval mayyit Respublika patologik anatomiya markaziga olib borilardi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 28-martdagi “Koronavirus kasalligi bilan ro‘yxatga olingan yoki gumon qilinib, vafot etgan bemorlar jasadini dafn etishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha vaqtincha qoidalar”iga asosan, jasad o‘lim sodir bo‘lgan bo‘limda 2 soat saqlanib, shundan so‘nggina patologik anatomiya bo‘limiga olib kelinadi. Keyin ro‘yxatdan o‘tkazilib, 3 foizli xlorli eritmada zararsizlantiriladi, murda diniy e’tiqodiga ko‘ra, yuvilib (kafanlanib yoki kiyintirilib) qarindoshlariga topshiriladi. Tabiiyki, bu amaliyotlar o‘tkazilishi uchun o‘rtacha 3-4 soat vaqt talab etiladi. Bu vaqtda qarindoshlar muassasa eshigi tagida kutib qolmoqda.

    Shuningdek, video va xabarlarda “Koronavirusdan vafot etgan murdalarni olib ketishda navbat kutuvchilar shuncha bo‘lsa, ularning sonini statistika nega kam beryapti?” degan mulohaza ham mavjud.

    Patologik anatomiya bo‘limi eshigi oldida odam ko‘pligining sababi aslida bitta murdani olib ketish uchun kamida 4 nafar qarindoshi keladi, bu esa o‘z-o‘zidan fuqarolarning vahimaga tushishiga sabab bo‘lmoqda. O‘lim bo‘yicha statistik ma’lumotlarni soxtalashtirishdan hech kim manfaatdor emas.

    Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida nafaqat koronavirus bilan kasallanganlar, balki boshqa turdagi o‘tkir infeksiya va pnevmoniya bilan og‘rigan bemorlar ham davolanmoqda. Koronavirusdan vafot etganlar statistikasida faqat COVID-19 diagnozi virusologik tekshiruvda tasdiqlanganlar soni beriladi, lekin bu shifoxonada pnevmoniya va boshqa infeksion kasalliklardan ham vafot etayotganlar bor. Tabiiyki ular koronavirus statistikasiga kiritilmaydi.

    Rajabboy Isroilov

    Rajabboy Isroilov
    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

    Shuningdek, ushbu shifoxonadagi patologoanatomik bo‘limi yanada takomillashtirilib, kechki navbatchilikni ham tashkil qilish va tungi vaqtlarda mayyitni qarindoshlariga topshirish imkonini yaratish rejalashtirilmoqda.

    Zangiota shifoxonasi atrofida tobut tashiydigan mashinalar narxlarni 700 ming so‘mdan boshlanadi, degan xabarlarga esa quyidagicha izoh berish mumkin: Jasadlarni yetkazib berish Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika patologik anatomiya markazi zimmasida emas. Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi darvozasi oldida dafn etish marosimini tashkil qiluvchi xususiy tashkilotlar jasadni tashib berishni taklif qilmoqda. Ularning o‘z xizmatlari uchun belgilagan narxlarini nazorat qilish Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika patologik anatomiya markazi vakolatiga kirmaydi”, — dedi Rajabboy Isroilov.

    Mavzuga doir: Mas’ullar: Zangiotadagi COVID-19 shifoxonasida shu vaqtgacha elektr uzilishi bo‘lmagan, bo‘lishi ham mumkin emas

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 18-oktabrda ijtimoiy tarmoqlarda Zangiotadagi koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi darvozasi oldida yuzaga kelgan navbat videosi tarqaldi, videoga ilova qilingan matnda “shifoxona o‘likxonasidan mayyitlarni olib ketish qiyin bo‘lib qolgan – odamlar qarindoshi vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni olib kelib ham soatlab kutishga majbur bo‘lmoqda, tobut tashiydigan mashinalar esa narxlarni 700 mingdan boshlab ko‘tarib tashlagan”i qayd etilgandi. Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari Abduhakim Xodjibayevning Zangiotadagi shifoxonada o‘tkazgan yig‘ilishining audioyozuvi tarqalib ketgan, unda amaldor “kislorod bosimi tushib ketayotgani uchun” ushbu shifoxonada “har kuni bir necha odam o‘layotgani”ni ta’kidlagan.

    19.10.2020, 21:35   Izoh (0)   42118
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan O‘zbekistonni uzoq istiqbolda rivojlantirish yo‘nalishlarini muhokama qildi

    19.10.2020, 19:58

    Samarqand shahrini Jomboy va Oqdaryo tumanlari bilan bog‘laydigan ko‘prik qurib bitkazildi

    19.10.2020, 19:34

    Sherzod Shermatov Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinladi. Sobiq boshliq ishi tergovda ekanligi aytilmoqda

    19.10.2020, 19:11

    “O‘zgidromet” 20-oktabrda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    19.10.2020, 18:35

    O‘zbekistonda hafta yarmidan boshlab havo salqinlashadi

    19.10.2020, 17:58

    Bolalar tibbiyot markazini ko‘kalamzorlashtirish bilan Toshkent obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga bog‘liq kompaniya shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi

    19.10.2020, 16:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.