• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqand shahrini Jomboy va Oqdaryo tumanlari bilan bog‘laydigan ko‘prik qurib bitkazildi

    Oqdaryo daryosining Samarqand shahar “Shirin” mahallasiga yaqin hududida “Samarqand yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi tomonidan bunyod etilgan ko‘prik foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda “Xalq so‘zi Online”.

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Ko‘prikning ochilish marosimida viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ham qatnashgan.

    “Samarqand yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi direktori Murodxon Hojixonovning ma’lum qilishicha, ko‘prik loyihasining umumiy qiymati 3,5 milliard so‘mni tashkil etgan.

    “Ko‘prikning umumiy uzunligi 90 metr, eni esa 7,5 metr. 100 tonnagacha yukni ko‘tarish quvvatiga ega. Ko‘prik karantin ehtiyot choralariga qat’iy amal qilingan holda 5 oy davomida qurib bitkazildi. Unga zarur mablag‘ korxonamiz hisobidan sarflandi. Ko‘prikka tutash daryo yoqasidagi 200 metr maydon obodonlashtirilib, piyodalar yo‘lagi yotqizildi, zamonaviy avtobekat qurildi”, – deydi Murodxon Hojixonov.

    Foto: Xalq so‘zi Online

    Foto: Xalq so‘zi Online

    Qayd etilishicha, mustahkam yo‘l o‘tkazgich bu hududga yaqin aholi uchun katta qulaylik yaratdi.

    “35 yildan buyon Xolvoyi qishlog‘ida yashayman. Samarqand shahrining “Yangiobod” mahallasida qarindoshlarim, Oqdaryoning Boshdarxon qishlog‘ida qudalarim istiqomat qiladi. Shu paytgacha ularnikiga borib-kelish azob edi. Kichkina, xavfsiz ko‘prikdan jonimizni hovuchlab o‘tardik. Bugun, mana, keng, mustahkam ko‘prik qurildi. Bunday qulaylikdan mamnunmiz, qarindoshlarimiznikiga, qolaversa, bozor-o‘charga bemalol borib kelyapmiz, og‘irimiz yengil, uzog‘imiz yaqin bo‘ldi” – deydi Gulnoza Qudratova.

    Foto: Xalq so‘zi Online

    Foto: Xalq so‘zi Online

    “Qirq yildan buyon texnika rulini boshqaraman. Yillar davomida bu yerda biror oddiy bo‘lsa ham ko‘prik bo‘lmaganligi sababli Boshdarxon qishlog‘iga bormoqchi bo‘lsak, yo Farhod shaharchasidagi ko‘prik orqali, yoki Oqdaryoning Toshkent–Buxoro magistral yo‘liga chiqib, aylanma yo‘ldan kelishga majbur bo‘lardik. Endi esa har qanday yuk bilan yuz metr yursak, Boshdarxonga, undan 3 kilometrdan so‘ng Samarqand shahriga yetamiz” – deydi “Shirin” mahallasida yashovchi haydovchi.

    Ma’lum qilinishicha, ko‘prik usti yangicha dizayn bilan bezatilib, kechki payt turli ranglarda yonadigan chiroqlar bilan ham jihozlangan.

    Mavzuga doir: Anhor kanali ustidagi piyodalar ko‘prigi ustunlari yemirilayotgani yuzasidan izoh berildi

    Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 6,5 milliard so‘mga qurilgan ko‘prik 1 yil-u 7 oy xizmat ko‘rsatgach yaroqsiz holga kelgandi. Bu holat bo‘yicha Bosh prokuratura o‘rganish olib borishini bildirgan va qurilishda qo‘shib yozish holatlari aniqlanmaganini ma’lum qilgan.

    Biroq viloyat prokuraturasining izoh berishicha, pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida imzolangan 2014-yil 21-apreldagi shartnomada ko‘prik qurilishini zimmasiga olgan pudratchining majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa-da, pudratchi majburiyatlarini to‘liq bajarmagan. Bu viloyat prokuraturasiga ma’lum bo‘lgan. Lekin koronavirus pandemiyasi sabab prokuratura tergov-surishtiruv jarayonlarini olib borolmagan.

    Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, 6,5 milliard so‘mga qurilgan ko‘prik 9,6 milliard so‘mga ta’mirlanadigan bo‘ldi.

    Mavzuga doir: “Qachongacha budjet mablag‘lari, xalq rizqi talon-toroj qilinadi?” – Tanzila Norboyeva Qumqo‘rg‘onda qulab tushgan ko‘prik haqida

    19.10.2020, 19:34   Izoh (0)   26779
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sherzod Shermatov Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinladi. Sobiq boshliq ishi tergovda ekanligi aytilmoqda

    19.10.2020, 19:11

    “O‘zgidromet” 20-oktabrda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

    19.10.2020, 18:35

    O‘zbekistonda hafta yarmidan boshlab havo salqinlashadi

    19.10.2020, 17:58

    Bolalar tibbiyot markazini ko‘kalamzorlashtirish bilan Toshkent obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga bog‘liq kompaniya shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi

    19.10.2020, 16:58

    Toshkentda jamoat transporti yo‘lovchilariga tarqatilayotgan bepul qo‘lqop xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi

    19.10.2020, 16:34

    Farg‘ona vodiysida zilzila qayd etildi

    19.10.2020, 16:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.