• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Niqob taqish kerakmi, yo‘qmi? Koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga kelib olimlar aniq javob bera oladimi?

    Koronavirus pandemiyasi boshidan buyon niqob taqish yuzasidan ommaviy va anchagina tajovuzkor bahslar to‘xtagani yo‘q. Ba’zi holatlarda niqob taqishni majburiy qilishga uringan mansabdorlarga tahdidlar ham bo‘lgan. Turli mamlakatlarda kasallanish yana o‘sa boshlaganidan keyin esa bu bahslar yanada faollashdi. Meduza niqoblar qanchalik darajada samarali ekanligi yuzasidan hozirda nimalar ma’lum ekanligi haqida yozdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Niqoblar birinchi o‘rinda boshqalarga kasallik yuqtirmaslik uchun kerak. Hattoki siz yo‘talmayotgan va aksirmayotgan bo‘lsangiz ham

    Vaziyatga qaraganda, koronavirus, asosan, havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi: kasallangan odamning nafas yo‘llaridagi koronavirusli tomchilar havoga chiqadi, so‘ng sog‘lom odamning shilliq qatlamlariga o‘tadi. Tomchilar havoga chiqishi uchun kasallangan odam yo‘talishi yoki aksirishi shart emas — shunchaki nafas olishi, gapirishi yoki qo‘shiq aytishi kifoya. Og‘ir tomchilar yerga tezroq tushsa, maydalari havoda uzoq turishi mumkin. Fikrlarga ko‘ra, yangi koronavirus aynan og‘ir tomchilar orqali ancha ko‘p darajada tarqaladi. Shu sababli kamida bir metrlik masofani saqlash muhim. Albatta, bu taxminiy o‘lcham: kasal odamdan tomchilar yaqinroqqa ham, uzoqroqqa ham tushishi mumkin, shuning uchun masofa kattaroq bo‘lgani yaxshi. Kasallangan odamning niqobi (nafas chiqarish klapaniga ega respiratorlardan tashqari) bu tomchilarni ushlab qoladi — qaysidir niqoblar buni samaraliroq bajarsa, qaysilaridir kamroq samaraga ega. Shu tufayli odatda zarur masofani saqlash iloji bo‘lmaganda niqoblarni taqish tavsiya etiladi.

    Niqoblarni pandemiyaga qadar ham nafas yo‘llarining yuqumli kasalliklari bilan kasallanganlar taqishi kerak edi — shu yo‘l bilan ular atrofdagilarni himoya qilardi. Ba’zi infeksiyalar asta-sekin aniq bo‘lganidek COVID-19 bilan ham bog‘liq muammo shundaki, odam unda simptomlar paydo bo‘lishidan bir necha kun avval ham atrofdagilar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Hatto organizmda virus bor bo‘lib, kasallik o‘zini namoyon qilmagan yoki noodatiy tarzda (masalan, bosh og‘rishi yoki ich ketishi orqali) namoyon qilgan holatda ham. Shu sababli kasallangan odam o‘zida simptomlar paydo bo‘lgunicha yoki koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqunigacha bo‘lgan ikki kun ichida ikki metrdan kamroq masofada muloqot qilgan odamlar AQShda yaqin kontaktlar deb qaraladi — ular ikki haftaga karantinga kirishi kerak (hatto koronavirusga test salbiy chiqsa ham). Ammo ikki kun — bu, albatta, shartli muddat: virus bundan ham avvalroq  yuqishi haqida ham ma’lumotlar bor.

    Hattoki odam hozirgina koronavirus testining salbiy javobini olgan bo‘lsa ham, bu uning atrofdagilar uchun xavfsizligini bildirmaydi: bunday tadqiqotlar noaniq. Agar odam kasal bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, bu ham uning virus yuqtirmasligini kafolatlamaydi: qayta kasallanish holatlari kuzatilgan (to‘g‘ri, bunday holatlardan to‘rttasi qayd etilgan) va odam bunday vaziyatda ham simptomlarga ega bo‘lmagan holda virus tarqatishi mumkin.

    Bularning barchasi tibbiy tashkilotlardan tashqarida niqoblar taqishni tavsiya etish uchun nazariy asoslardir. Matematik modellashtirish ham ommaviy ravishda niqob taqish muayyan sharoitlarda foydali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

    Hamon niqob taqish odamni yaxshi himoyalaydi, deb aytib bo‘lmaydi. Shu sababli boshqa profilaktika usullarini ham yodda tutish zarur

    Yanada qiyinroq savol: niqob taqqan odam himoyalanadimi? Bunday ma’lumotlar tibbiyot xodimlari uchun mavjud: ularning yuziga doimiy ravishda kimdir aksiradi yoki yo‘taladi. Bemorlar bilan ishlamaydigan odamlarga kelsak, bu haqdagi ma’lumotlar juda kam. Bundan tashqari, niqoblar virus uchun yana bir kirish yo‘li — ko‘zlarni himoya qilmasligini yodda tutishimiz kerak.

    Ayni vaqtda ushbu mavzu bo‘yicha Daniyada o‘tkazilgan sifatli tadqiqotlar natijalarining e’lon qilinishi kutilmoqda, hozircha bizning ixtiyorimizda bo‘lgan oddiyroq ma’lumotlarga ko‘ra, niqob taqish odamni biroz himoya qiladi. Biroq qanchalik darajada himoya qila olishi ilmiy tasdiqqa ega emas.

    Nima bo‘lganda ham, niqob — infeksiyaning tarqalishini to‘xtatish usullaridan faqat bittasi xolos: masofa saqlash undan ancha muhimroq. Qo‘llarni yuvish va ularni yuzdan uzoqroq tutish zarurligini ham esdan chiqarish kerak emas. Kasallikning kontakt orqali yuqishi asosiy bo‘lib tuyulmasa-da, u baribir muhim.

    Niqob taqish xavfsiz. Ijtimoiy tarmoqlardagi qo‘rqituvchi postlarga ishonmang

    Turli ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda niqoblar aksincha zarar yetkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Masalan, go‘yoki, niqob taqqani tufayli 13 yoshli qizcha vafot etgani haqida. Bunday emas. Niqoblar normal gaz almashinuviga xalal bermaydi, kislorod yetishmovchiligidan yoki karbonat angidrid ko‘payib ketganidan zarar ko‘rmaydi.

    Yana ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, go‘yoki Amerika Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari ko‘p niqob taqadigan odamlar ko‘proq kasal bo‘lishini aniqlagan. Bunday postlarni ham jiddiy qabul qilish kerak emas.

    Ularda gap bir maqola haqida boradi, unda kasallangan va kasallanmagan odamlarda qanday kontaktlar bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Aniqlanishicha, restoranlarga va taom tortiladigan boshqa joylarga borish ancha xavfli. Mualliflar buni u yerda zarur masofani saqlash qiyinligi, niqob bilan esa yeb bo‘lmasligi bilan bog‘lagan. Mualliflar niqoblar samarasiz degan xulosaga kelmagan (niqoblarning samaradorligini o‘rganish tadqiqot maqsadi bo‘lmagan).

    Ijtimoiy tarmoqlardagi postlar mualliflari Kasallanganlar va kasallanmaganlar qanday niqob taqqani haqida statistika keltirib o‘tilgan jadvalga tayangan. Kasallanganlarning ko‘pchiligi niqob taqqan, bundan ba’zi o‘quvchilar niqob taqish xavfli degan xulosani chiqargan. Ammo kasallanmaganlar guruhida niqoblar taqqanlar ulushi yanada kattaroq, niqob taqishdan bosh tortganlar hissasi esa aksincha kichik. Shunday ekan, bu ma’lumotlar niqoblarning xavfi haqida gapirmaydi, balki aksincha. Ustiga ustak, aynan shu jadvalga kiritilgan ishtirokchilar soni katta emas va har qanday talqinlarni ham ishonchli deb aytib bo‘lmaydi.

    Niqoblar foyda berishi uchun ularni to‘g‘ri taqish kerak

    Afsuski, niqoblar tibbiyot muassasalaridan tashqarida yordam berish-bermasligi haqidagi bahslarda ko‘pincha barcha mamlakatlarda ham odamlarni niqobni to‘g‘ri taqishga o‘rganmaganligi hisobga olinmaydi. Niqob taqqanda nafas olish qiyin bo‘lishi mumkin, terida namlik to‘planadi, ko‘zoynak bug‘lanadi, shu tufayli, jamoat joylarida niqob taqishning klassik usuli, kamida Rossiya haqida gapirganda — iyakka tushirib taqish. Niqobni bunday taqishning foydasi kam.

    Niqoblarni taqish bo‘yicha tavsiyalar beradigan yirik tashkilotlarda chegaradosh vaziyatlarda nima qilish kerakligi haqida maslahatlar yo‘q. Masalan, agar odam niqobini olib, cho‘ntagiga solib qo‘ygan bo‘lsa, keyinroq uni yana taqish yoki umuman taqmay yurish haqida ikkilanayotgan bo‘lsa. Bu holatda faqat nazariya bilan cheklanish mumkin. Atrofdagilar uchun, albatta, odamning niqobda bo‘lgani yaxshiroq: agar u allaqachon kasallangan bo‘lsa, ular himoyalanadi. Odamning o‘zi uchun esa niqobni qayta taqish xavfsiz bo‘lmaydi, ayniqsa agar u keyin tig‘iz vaqtda avtobusda yurmoqchi bo‘lmasa. Gap shundaki, u yuvilmagan qo‘llari bilan niqobning ichki qismiga virusni o‘tkazgan bo‘lishi mumkin. Agar u, aytaylik, niqobni stol ustiga qo‘ygan bo‘lsa, yonida yo‘talib qo‘ygan kasal odamning nafas yo‘llaridan tomchilar tushishi mumkin.

    Biroq niqoblar yetishmasligi tufayli, ba’zi tibbiyot tashkilotlari juda zarur bo‘lganda qanday qilib minimal xavf bilan niqobdan qayta foydalanish haqida tavsiyalar bermoqda. Albatta, agar niqob namlanib qolgan, ifloslangan yoki yirtilgan bo‘lsa, uni tashlab yuborish kerak. Tashlab yuborish imkoni bo‘lmasa, uni taxlash kerakki, tashqi qavati hech narsaga tegmasin, so‘ng qog‘oz paketga yoki havo kiradigan (niqob qurishi uchun) konteynerga solish va og‘zini yopish kerak. Paketni qayta ishlatish mumkin emas, konteynerni esa dezinfeksiya qilish kerak bo‘ladi.

    19.10.2020, 12:59   Izoh (0)   26214
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Armaniston prezidenti Qorabog‘ mustaqilligini qachon tan olishini aytdi

    19.10.2020, 12:35

    Bahrayn va Isroil rasman diplomatik aloqalar o‘rnatdi

    19.10.2020, 11:10

    Pokistonda yo‘lovchi avtobusi ko‘chki ostida qolishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

    19.10.2020, 10:56

    Makkadagi Al-Harom masjidi namoz uchun ochildi

    19.10.2020, 10:11

    Kremniy vodiysi xodimlarining qariyb 70 foizi masofaviy ishlashdan charchaganini ma’lum qildi

    19.10.2020, 09:56

    Slovakiyada ommaviy ravishda COVID-19’ga test olishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

    18.10.2020, 23:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.