“Jenoa”ning uch nafar futbolchisi koronavirusdan sog‘aygan. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, darvozabonlar Mattia Perin, Federiko Marketti hamda yarim himoyachi Ivan Radovanovich kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Endilikda ular tibbiy ko‘rikdan so‘ng mashg‘ulotlarni boshlashi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq jamoaning 11 nafar futbolchisida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Klub prezidenti Enriko Pretsiozining so‘zlariga ko‘ra esa hozirda jamoada 15 nafar futbolchi kasallik kurashmoqda.
Qayd etish joiz, avvalroq “Jenoa” Eldor Shomurodovning jamoa mashg‘ulotlariga ertaroq qo‘shilishi uchun O‘zbekiston futbol assosiatsiyasidan uni BAAga olib ketmaslikni so‘rgandi.
Mavzuga doir:
- “Jenoa”ga o‘tish, bolaligi, amalga oshgan orzulari, “Chelsi” va Rivaldo haqida Eldor Shomurodov bilan katta intervyu
- Eldor Shomurodov “Jenoa”ning eng yuqori maosh oladigan futbolchilari ro‘yxatida 2-o‘rinda qayd etildi
- “Jenoa” hujumchilar “kushanda”simi? Eldor Shomurodovni Italiyada nimalar kutmoqda?
- Italyancha osh. Eldor Shomurodov va “Jenoa” haqida
Izoh (0)