Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri A Seriya futbolchilari maoshi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodovning maoshi yiliga 1,3 million yevroni tashkil etadi. Genuyaliklar klubida faqat Milan Badel (1,4 million yevro) Eldordan ko‘proq maosh oladi. Shuningdek, nashr hisobotlaridan chetda qolgan Lasse Shone ham 1,4 million maoshga ega.
Ta’kidlash joiz, o‘zbekistonlik futbolchining yillik maoshi A Seriyaning ayrim mashhur futbolchilarinikidan yuqori. Bular: Simon Kyer, Rade Krunich (“Milan”), Antonio Mirante, Nikola Maksimovich (“Napoli”), Tomash Strakosha, Marko Parolo (“Latsio”) va Fabio Kualyarella (“Sampdoriya”).
“Jenoa”ning eng ko‘p maoshga ega futbolchilari:
- Milan Badel — 1,4 million yevro
- Eldor Shomurodov — 1,3 mln yevro
- Davide Zapakosta — 1,3 mln yevro
- Dominiko Krishito — 1,2 mln yevro
- Stefano Sturaro — 1,2 mln yevro
- Kristian Sapata — 1,2 mln yevro
- Pyeto Pellegrini — 0,8 mln yevro
- Mattia Perin — 0,8 mln yevro
- Marko Pyatssa — 0,8 mln yevro
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!