• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bloomberg O‘zbekiston AQSh kompaniyasidan internetni bloklaydigan texnologiyalarni sotib olganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston AQShning Sandvine Inc. kompaniyasidan internet trafikni boshqaradigan texnologiyalarni sotib olgan. Ushbu texnologiyalar internetni senzura qilishda ham ishlatilishi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar berdi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bloomberg’ning Sandvine kompaniyasi sobiq va amaldagi xodimlari hamda kompaniya hujjatlariga asoslanib yozishicha, asosan internet trafigini boshqarishga mo‘ljallangan kompaniyaning qurilmalari so‘nggi yillarda internetda senzura o‘rnatish maqsadida ham ishlatilgan. Bu davlatlar qatoriga Jazoir, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Misr, Eritreya, Iordaniya, Kuvayt, Pokiston, Qatar, Rossiya, Sudan, Tailand, Turkiya, BAA va O‘zbekiston kabi mamlakatlar kiradi.

    Sandvine texnologiyalari yuqori darajadagi internet ma’lumotlarining davlatlarga kirib kelishi va chiqib ketishini boshqaradi. “Paketlarni chuqur tekshirish” (deep packet inspection) deb nomlanadigan qurilma spam va viruslarni blok qila olishi mumkin. Ammo, kompaniya hujjatlariga ko‘ra, ushbu qurilma orqali millionlab vebsaytlar va messenjerlarni blok qilib qo‘yish ham mumkin.

    Tailandda Sandvine texnologiyalari qirollik oilasini tanqid qiladigan saytlarni bloklashda ishlatilgan. Bloomberg’ning yozishicha, Misr va O‘zbekistonda esa ushbu texnologiyalardan mustaqil yangiliklar vebsaytlarini bloklashda foydalanilgan.

    Qurium Media Foundation, raqamli huquqlarni himoya qiluvchi guruh vakilining aytishicha, so‘nggi o‘n yillikda tashkilot Misr, Ozarbayjon, Iordaniya va O‘zbekistondagi mustaqil OAVga yordam bergan. “Ushbu davlatlarda operatorlar Sandvine texnologiyalaridan ko‘plab mustaqil OAV vebsaytlarini bloklashda foydalanadi”, — deydi Tord Lyudnstrom.

    Bloomberg tomonidan o‘rganilgan hujjatlarga ko‘ra, Sandvine kompaniyasi Misr, O‘zbekiston, Rossiya va Afg‘oniston kabi davlatlarga foydalanuvchilarning vebsayt-brauzerlari tarixi bo‘yicha ma’lumot yig‘adigan texnologiyalarni yetkazgan.

    2020-yilning may oyida kompaniya Jazoir hukumatiga 10 million internet foydalanuvchilarining onlayn faolliklari bo‘yicha ma’lumotlarni saqlay olish qobiliyatiga ega qurilmani sotish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

    Bloomberg xabariga ko‘ra, Belarusda kompaniya texnologiyalari davlat tomonidan boshqariladigan internet agentlikka sotilgan. Ushbu texnologiyalar avgust oyida ijtimoiy tarmoqlar, yangiliklar saytlari, messenjerlarni bloklashda ishlatilgan. Shu sababli sentabr oyida Sandvine kompaniyasi Belarusda o‘z qurilmalarini sotishni to‘xtatganligini ma’lum qilgan.

    “Texnologiyaning o‘zi, aslida, neytral, lekin u antidemokratik davlatga berilsa, bu ko‘p zarar yetkazishi mumkin”, — deydi Sandvine xodimi.

    Sentabr oyida Sandvine Ozarbayjondagi ilg‘or internet provayderi Delta Telecom bilan YouTube, Facebook va Instagram platformalaridagi jonli efirlarni bloklaydigan tizimni o‘rnatish bo‘yicha ish olib borgan. Armaniston bilan mojaro keskinlashgandan so‘ng Ozarbayjonda Facebook, WhatsApp, YouTube, Instagram, TikTok, LinkedIn, Twitter, Zoom va Skype platformalariga kirish bo‘yicha muammolar paydo bo‘ldi.

    Iyul oyida O‘zbekistonda Facebook ijtimoiy tarmog‘iga kirish bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan edi. Foydalanuvchilar yangilik tasmasi, izohlar, videolar va fotosuratlar sekin yuklanishidan shikoyat qilishgan.

    O‘zbekistonda Facebook va YouTube’ga kirish bilan bog‘liq muammolar 2018-yilning oxiri va 2019-yilning boshida ham  bir necha oy mobaynida kuzatilgan. Rasmiylar buni telekommunikatsiya uskunalarini yangilash va tayinlangan nomlar va raqamlar bo‘yicha internet-korporatsiyasi — ICANN’ning kriptografik kalitini o‘zgartirish bilan izohlagan. Ammo keyinroq manbalar bloklangani ma’lum bo‘lgan.

    Oldinroq “Laboratoriya Kasperskogo” kompaniyasi SandCat kiberguruhi va O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati o‘rtasida aloqalar topganligini ma’lum qilgan edi. DXX maxfiy bo‘linmasi xakerlik instrumentlarini xarid qilganligi va yangilarini ishlab chiqayotganligi gumon qilingan.

    2019-yilning yozida o‘sha vaqtda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajarayotgan Komil Allamjonov YouTube va Facebook’ni bloklab qo‘ygan shaxslar qamoqda ekanliklarini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘l bilan salbiy ma’lumotlar oqimini kamaytirishga harakat qilingan.

    Komil Allamjonov internetni o‘chirish bilan hech narsaga erishilmasligini ta’kidlagan edi. Undan tashqari, VPN’ning tobora ommalashib borishi noqonuniy va zararli manbalarga kirish imkoniyatini ochadi, bu esa xavfsizlik tizimlarini vayron qiladi.

    09.10.2020, 23:13   Izoh (0)   66079
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda kollej va texnikumlar uchun kontrakt narxlari belgilandi

    09.10.2020, 22:27

    Samarqandda aholining tabiiy gaz uchun to‘lagan 59 mln so‘mdan ortiq pullarni o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

    09.10.2020, 21:48

    O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun avtomobilning orqa yon oynasini “tonirovka” qilish narxi arzonlashtirildi

    09.10.2020, 20:42

    Qashqadaryodagi tijorat banklari prokuratura nazoratiga olinadi. Lekin bu qonunga zidligi aytilmoqda

    09.10.2020, 20:27

    Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga yangi rahbar tayinlandi

    09.10.2020, 19:40

    Dori-Darmon kompaniyasi 2019-yilni 48,3 milliard so‘m zarar bilan yakunlaganini e’lon qildi

    09.10.2020, 19:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda aholini ro‘yxatda olishda noqonuniy migrantlar hisobga olinmaydi

    Dunyo | 8 avgust, 12:22

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Belgiya hududi orqali Isroilga harbiy yuk tashishni taqiqladi

    Dunyo | 8 avgust, 12:15

    Ishtahani kamaytirib, ozishga yordam beradigan 7 ta foydali mahsulot

    Salomatlik | 8 avgust, 12:05

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.