Hilola Umarova Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining yangi rahbari bo‘ldi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Hilola Umarova 1988-yil 9-avgust sanasida Germaniyaning Vaymer shahrida tug‘ilgan.
U 2010-yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr bosqichi, 2013-yil esa ushbu universitetning magistratura bosqichini tamomlagan.
Faoliyati davomida Toshkent shahridagi Inha universitetining faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha bosh menejeri lavozimida ishlagan. Tayinlovga qadar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Hilola Umarova “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Avvalroq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan Sarvar Boboxo‘jayev Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori lavozimiga tayinlangandi.
Izoh (0)