• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryolik fuqaro to‘rt nafar IIB xodimi ko‘z o‘ngida pichoqlandi

    Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 32 yoshli fuqaro to‘rt nafar IIB xodimining ko‘z o‘ngida pichoqlandi. Bu haqda “Daryo”ga jabrlanuvchi Dilshod Marqayev ma’lum qildi.

    Dilshod Marqayev

    Dilshod Marqayev
    Foto: “Daryo”

    Ta’kidlanishicha, voqea 2020-yil 4-oktabr kuni Chiroqchi tumanining “Jar” qishloq fuqarolar yig‘inida sodir bo‘lgan.

    “2020-yil 4-oktabr kuni ‘Jar’ qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan sport majmuasidagi jihozlarimni Qarshi shahriga olib ketish maqsadida ikkita yuk avtomobilini olib bordim va ishchilar bilan birga yuklarni ortayotgandik. Shu payt spirtli ichimliklar sotuvchi do‘konning ayol kishi bo‘lgan egasi yonimga kelib, do‘konga kirishimni aytib gaplashib olamiz, dedi. Shunda men spirtli ichimlik sotiladigan do‘konga kirmasligimni aytdim. U ayol meni har xil gaplar bilan haqorat qilib, yuzimga urdi. Nega bunaqa gap deyapsan, qachondan beri aroq sotiladigan do‘konga kirmay qolding, deya to‘polon qila boshladi”, — deydi voqea haqida gapirgan Dilshod Marqayev.

    Murojaatchining ma’lumot berishicha, u do‘konchi ayol bilan tortishib qolgach, ayolning Sirojiddin ismli o‘g‘li va uning uch nafar tanishi Dilshod Marqayevning yoniga borib, pastga tushing gaplashib olamiz, degan.

    “Men ularga ishlayotganimni aytib, bormasligimni bildirdim. Borasiz deyishgach, meni bu yerdan sen tugul boshqa birov ham tushirolmaydi, dedim. Shunda ular qaytib ketishdi va biroz o‘tgach, ikki nafar IIB xodimi bilan keldi. IIB xodimlari hech qanday hujjat ko‘rsatmay, pastga tushing ustingizdan shikoyat bor, deyishdi”, — deydi jabrlanuvchi Dilshod Marqayev.

    Murojaatchi Marqayevning qo‘shimcha qilishicha, voqea joyiga yana ikki nafar IIB xodimi kelib, jami to‘rt nafar xodim uni xizmat mashinasida taxminan 1 kilometr uzoqlikka olib ketgan.

    “IIB xodimining xizmat mashinasida taxminan bir kilometr yurganimizdan so‘ng ikkita bino o‘rtasiga to‘xtadik. Men bo‘limga olib bormaysizlarmi deganimda, mashinada gaplashaveramiz, deyishdi. Men mashinaning old o‘rindig‘ida edim. IIB xodimlarining biri rulda, ikkinchisi mashinaning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgandi. Gaplashib turgandik. Shu payt mashina eshigi ochilib, kimdir orqamdan belimga pichoq urdi. Tushishga harakat qilganimda yana pichoq urishdi. Bu safar pichoq orqa dumbamga sanchildi. Qo‘shimchasiga pichoqni tepib sindirib yubordi. IIB xodimlari esa voqealarni faqat tomosha qilish bilan kifoyalandi”, — deydi Dilshod Marqayev.

    Mavzuga doir: “Erim bir necha kishi tomonidan o‘ldirilgan, ammo prokuratura bir kishini ayblash bilan kifoyalanmoqda”. Eri pichoqlab o‘ldirilgan qashqadaryolik ayol adolat istamoqda

    Jabrlanuvchining aytishicha, pichoqdan yaralangach, qon keta boshlagan. Shunda u IIB xodimlariga tez yordam chaqirishini aytib, baqira boshlagan. Shunda atrofga odamlar to‘plana boshlagach, IIB xodimlari bemorni xizmat mashinasida tuman shifoxonasiga olib borgan va tez orada yo‘q bo‘lib qolishgan.

    “Yaralanganimni ko‘rgan IIB xodimlari tez yordam ham chaqirmay, tomoshabin bo‘lib turishdi. Ularga tez yordam chaqirib bering, deb baqirdim. Atrofda odamlar to‘plana boshlagach, Orif va Sardor ismli IIB xodimlari meni tuman shifoxonasiga olib ketishdi. Meni shifoxonaga tashlab, qochib ketishibdi. Shifokorlar sizni kim olib keldi, deya izlab qolishdi. Kameraga tushgan bo‘lsa kerak deb izlashdi va IIBga xabar berishdi”, — deydi jabrlanuvchi.

    Ayni paytda bemorni davolayotgan shifokor viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokori Berdimurod Yangiboyev bemorning bel va dumba qismiga pichoq sanchilganini, dumbaga sanchilgan pichoq chuqur iz qoldirganini va aynan shu jarohat og‘irligini bildirdi.

    “Hozirda bemorning ahvoli o‘rta holatda. Dumbaga urilgan pichoq chuqur iz qoldirgan. Ammo birinchi yordam ko‘rsatilib, yara o‘rni tikilgan. Lekin hozirgacha yiringli aralashma kelib turibdi”, — deydi shifokor Berdimurod Yangiboyev.

    Murojaatchi Dilshod Marqayev uning hayotiga qasd qilmoqchi bo‘lganlar ishi o‘rganilmayotganini, IIB xodimlari aybdorlarga sherik bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

    Mazkur voqea bo‘lib o‘tganini tasdiqlagan viloyat IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova voqea ishtirokchilari ko‘pligi bois profilaktika inspektorlarining kuchi yetmaganini aytdi.

    “Haqiqatan ham ikkinchi tomon qo‘lidagi pichoq bilan Dilshod Marqayevni yaralagan. Holat rasmiylashtirilib, ekspertiza tayinlangan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ekspertiza xulosasi bilan ish tergovga o‘tadi”, — dedi Iroda Rasulova.

    Viloyat IIB axborot xizmati voqea haqida tez orada batafsil ma’lumot berilishini qo‘shimcha qildi.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    Mavzuga doir: 

    • “Chiroqchi voqeasi” aybdorlariga sud hukmi o‘qildi. Garov evaziga ochiqda qolgan “uchastkavoy”lar ham qamoqqa olindi
    • “IIB binosida vafot etgan Yusuf Abdurahmonovga chaqirilgan tez yordam boshqa ism-familiyani aytib chaqirilgan”. Tez tibbiy yordam shifokori sudda guvohlik berdi
    • “Seni ham, uni ham o‘ldiramiz va ishni bir parcha qog‘oz bilan yopib yuboramiz”. Chiroqchi IIBda qiynoqqa solingan fuqaro IIB xodimi tahdidi haqida gapirdi
    • “Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha sudda guvohlikka chaqirilgan IIB xodimi ota-bola qiynoqqa solingan kuni “protivogaz” so‘rab olinganini tan oldi

    07.10.2020, 14:28   Izoh (0)   71405
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Guljahon Yo‘ldosheva ma’lum qilgan korrupsion holatlarga huquqiy baho berish kerak”. Akmal Burhonov Toshkent viloyati bosh infeksionisti ishi bo‘yicha munosabat b...

    07.10.2020, 14:17

    Sherzod Kudbiyev vazir lavozimiga kimlar tayinlanishi va bu jarayon qanday kechishi haqida so‘zlab berdi

    07.10.2020, 13:45

    Qamashi hokimi Sherali Sanayev Mirishkorga hokim etib tayinlandi. Mirishkorning avvalgi hokimi koronavirus oqibatida vafot etgan edi

    07.10.2020, 13:14

    “Bu hokimni almashtirish emas, balki lavozimini ko‘tarish”. Sherzod Kudbiyev Farg‘ona viloyati sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev haqida

    07.10.2020, 12:38

    “Harbiy tavsiyanomalari bo‘lgan murojaatchilar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi” – DTM

    07.10.2020, 11:33

    “Yaqin yillar ichida hokimlarni saylash tizimiga o‘tamiz, lekin bu qachon bo‘lishini aytolmayman” – Tanzila Norboyeva

    07.10.2020, 10:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40

    Suriya va Turkiya harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi

    Dunyo | 13 avgust, 23:30

    O‘zbekistonga elektromobil importi rekord darajada ortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 23:15

    YKL saralashi. “Bashakshehir” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Viking”ni mag‘lub etdi. Shomurodovdan assist

    Sport | 13 avgust, 23:09

    Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi spot bitkoin joylashgan mamlakatga aylandi

    Dunyo | 13 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.