“Lester” klubi hujumchisi Jeymi Vardi Angliya Premyer Ligasining 3-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi uchrashuvda (5:2) het-trik qayd etdi.
Shu tariqa Vardi ikkinchi bor Pep Gvardiola “Manchester Siti”siga qarshi kechgan bir o‘yinda uchta gol urdi. Bungacha u 2016-yilda ham shunday natijaga erishgandi.
Opta’ning yozishicha, Vardidan tashqari, faqat Messi bir o‘yinda Gvardiola jamoasiga uchta gol ura olgan (2016-yilda Chempionlar Ligasi doirasida o‘tkazilgan o‘yinda).
Ma’lumot uchun, Vardi APLning 2020/21-yilgi mavsumida 3 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi.
Izoh (0)