“Lester” klubi futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 3-turida, 27-sentabr, yakshanba kuni “Manchester Siti”ni mag‘lubiyatga uchratdi (5:2).
Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi jamoa ilk bor o‘z darvozasidan beshta to‘p o‘tkazib yubordi. Bunga qadar mutaxassis boshqaruvidagi jamoa eng ko‘pi bilan to‘rtta gol o‘tkazib yuborgandi — “Bavariya” Chempionlar Ligasi 1/2 finalida “Real”ga 0:4 hisobida yutqazgandi.
Gvardiola murabbiylik faoliyati mobaynida barcha musobaqalarda 686 ta o‘yin o‘tkazgan. U “Manchester Siti”dan tashqari “Barselona” va “Bavariya”da faoliyat olib borgan.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)