Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 3-turida “Manchester Siti” 27-sentabr, yakshanba kuni “Lester”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 4-daqiqasida Riyod Mahrez o‘zining kuchli zarbasi bilan hisobni ochdi. 37-daqiqada Jeymi Vardi penaltini aniq bajargan holda muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Vardi jarima maydoniga uzatilgan to‘pga tovoni bilan zarba berib, chiroyli gol muallifiga aylandi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay angliyalik futbolchi het-trikini nishonladi.

77-daqiqada Jeyms Meddison uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 84-daqiqada Natan Ake “shaharliklar” safidagi debyut golini urdi va hisobni qisqartirishga erishdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay “tulkilar” 3-penaltiga ega bo‘ldi, uni Yuri Tilemans golga aylantirdi.

“Tottenhem” o‘z uyida “Nyukasl”ni qabul qildi. 25-daqiqada Lukas Mouraning golidan keyin oldinga o‘tib olgan maydon egalari hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

APL

3-tur bahslari

27-sentabr, yakshanba

“Manchester Siti” — “Lester” 2:5

Gollar: 1:0 – 4 Mahrez, 1:1 – 37, penalti Vardi, 1:2 – 54 Vardi, 1:3 – 58, penalti Vardi, 1:4 – 77 Meddison, 2:4 – 84 Ake, 2:5 – 88, penalti Tilemans.

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Mendi, Erik Garsiya, Ake, de Bryuyne, Fernandinyo (Delap, 51), Sterling, Foden (Ferran Torres, 64), Mahrez, Rodri.

“Lester”: Shmeyxel, Jastin, Kastan, Evans (Fuks, 80), Suyunjyu, Barns, Amarti, Tilemans, Mendi, Prat (Meddison, 69), Vardi (Ixeanacho, 85).

Ogohlantirishlar: Tilemans (22), Seyundjyu (47), Amarti (51), Ake (60).

“Tottenhem” — “Nyukasl” 1:1

Gollar: 1:0 – 25 Lukas Moura, 1:1 – 90+7, penalti Uilson.

“Tottenhem”: Lyoris, Sanches, Doerti, Devis, Dayer, Uinks, Lo Chelso (Ndombele, 77), Lukas Moura (Lamela, 79), Heyberg, Son Hyon Min (Bergveyn, 46), Keyn.

“Nyukasl”: Darlou, Fernandes, Mankilyo, Lassels, Ritchi (Lyuis, 69), Almiron (Kerroll, 77), Shelvi, Hendrik (Merfi, 74), Heyden, Joelinton, Uilson.

Ogohlantirishlar: Shelvi (44), Joelinton (53), Lyuis (82), Heyden (90), Uinks (90).

“Sheffild Yunayted” — “Lids” 0:1

Gol: 0:1 – 88 Bemford.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!